Pixel 6 hamda Pixel 6 Pro smartfonlarida jiddiy muammo aniqlandi

Pixel 6 hamda Pixel 6 Pro smartfonlarida jiddiy muammo aniqlandi

Google kompaniyasi Pixel 6 hamda Pixel 6 Pro smartfonlarini taqdim etganidan buyon ularning barmoq izi skaneri yaxshi ishlamayotgani aytilayotgan edi. 

So‘nggi ma’lumotlar smartfonlarning barmoq izi skaneri umuman ishlamay qolgani haqida xabar bermoqda.

Agar smartfonning akkumulyator quvvati butunlay tugab qolsa, barmoq izi skaneri orqali smartfonni blokdan chiqarib bo‘lmaydi, shuningdek, boshqa barmoq izlarini ham ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lmay qoladi. 

Muammoni to‘g‘irlash uchun dasturiy ta’minotni qayta dasturlash kerak. Ushbu yo‘l bilan barcha muammolar hal bo‘ladi. 

Google smartfonlarga yangi dasturiy ta’minotni jo‘natishni boshlagungacha Pixel 6 foydalanuvchilari iloji boricha o‘z smartfonlarining quvvati tugab qolmasligiga harakat qilishlari kerak bo‘ladi. Agar ushbu holat sodir bo‘lsa, foydalanuvchilar smartfonning dasturiy ta’minotini qayta sozlashlari kerak bo‘ladi. Bu esa ma’lumotlarni o‘chib ketishiga sabab bo‘ladi. 

Avvalroq Pixel 6 foydalanuvchilari barmoq izi skanerining sekin ishlayotganidan shikoyat qilishgan edi. Bunga esa kompaniya barmoq izi skanering xavfsizlik darajasi yuqori ekanligini sabab qilib ko‘rsatgan edi. 

O‘QING: Xiaomi 12 haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!