Pixel 6 Pro smartfonini tirnab, yondirib, bukib ko‘rishdi (VIDEO)

Pixel 6 Pro smartfonini tirnab, yondirib, bukib ko‘rishdi (VIDEO)

«Qurilmalarni qiynovchi» videobloger – Zak Nelson (JerryRigEverything) sinovdan o‘tkazish uchun yangi Pixel 6 Proʼga ega bo‘ldi. Google kompaniyasining barcha smartfonlari ham avvalgi sinovlardan yaxshi o‘ta olmagan, biroq yangi flagman istisno bo‘la olganini ko‘rish mumkin.

O‘QING: Mashhur «ustabuzarmon» 2021 yilning sinmaydigan va bukilmaydigan yagona o‘yin smartfonini e’lon qildi (+video)

Uning himoya oynasi oddiy, kameralar ham shisha bilan qoplangan, lekin kamera blokining yon qirralari plastmassa bilan qoplangan, shuning uchun ularni chizish oson.

O‘QING«Qurilmalarni qiynovchi» vloger: «2021 yilning eng mustahkam geymerofoni shu ekan!» (video)

Smartfon ekranni qizdirish sinovidan o‘ta olmadi, ammo bu test mutlaqo foydasiz. Shuni ham ta’kidlash mumkinki, oynadagi tirnalgan joylar barmoq izlari skaneriga zarar yetkazmaydi.

O‘QINGTaniqli «ustabuzarmon» yap-yangi Xiaomi Mi 11’ni yorib ko‘rdi (video)

Moslashuvchanlik testi nuqtai nazaridan, Pixel 6 Pro bu yerda yaxshi taasurot qoldirgan. U deyarli egilmaydi, qandaydir zarar haqida gapirmasa ham bo‘ladi.

O‘QINGUncha-munchaga o‘z narxini yo‘qotmaydigan o‘nta smartfon

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!