Pixel 7 va Pixel 7 Pro

Pixel 7 va Pixel 7 Pro

Kecha bo‘lib o‘tgan Google I/O 2022 tadbirida kompaniya o‘zining yettinchi avlod Pixel smartfonlari qatorini ko‘rsatib o‘tdi.

Rasmiy renderlarda taqdim qilingan Pixel 7 va Pixel 7 Pro flagmanlari allaqachon internetda tarqatilgan renderlardagi bilan bir xil ko‘rinishda bo‘lib, ular o‘zlarining oldingisi dizaynini saqlab qolgan, lekin to‘liq emas, albatta o‘zgarishlar bor.

Masalan, smartfonning orqa tomonidagi kameralarni o‘z ichiga olgan gorizontal bar bu safar qora materialdan emas, balki alyuminiydan qilingan bo‘lib, uning ichidagi kamera tirqishlari yaqqol ko‘rinib turadi. Shuningdek, kompaniya bu yilgi Pixel 7 orqa paneli uchun ikki xil ranglardan foydalanmaydi,

Suratlardan ko‘rish mumkinki, xuddi Pixel 6 Pro modelida bo‘lgani kabi Pixel 7 Pro ham uchun uchlik, xuddi Pixel 6 modelida bo‘lgani kabi Pixel 7 ham ikkilik kamera o‘rnatilgan va ular avvalgidek o‘zgarmagan holda keng, ultra-keng va telefoto sensorlariga ega bo‘ladi. 

Pixel 7 qatori Google o‘zi ishlab chiqaradigan Tensor chiplarining yangi avlodi bilan Android 13 o‘rnatilgan holda Pro modeli uchun qora, oq va och yashil, oddiy model uchun esa, qora, oq va och sariq ranglarda chiqariladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!