Pixel Buds A chiqdi: avtonomligi 24 soatlik, IPX4 himoyali hamyonbop TWS-quloqchin! (+video)

  •   DiMaX
  •  356
  •  04.06.2021 10:13

Pixel Buds A chiqdi: avtonomligi 24 soatlik, IPX4 himoyali hamyonbop TWS-quloqchin! (+video)

Simsiz quloqchinlarning bir turida uning har ikkala pallasi o‘zaro kabel, qistirgich yordamida bog‘langan bo‘ladi, ammo aksessuar smartfon yoki boshqa gadjetga audiojek orqali emas, balki Bluetooth interfeysi orqali ulanadi. Ikkinchi turida esa naushnikning pallalari o‘zaro bog‘lanmagan, har biri alohida turadi. Ularni «butkul simsiz quloqchin» yoki TWS-quloqchin deb atash urf bo‘lgan.

O‘QING: Atigi 10 dollardan «Xitoycha AirPods Max» sotuvga chiqdi

Google kompaniyasi 2019 yilning kuzida Pixel Buds nomli TWS-naushnik taqdim etgan va uni bultur 179 dollardan sotuvga chiqargan edi. Qidiruv giganti endi uning soddalashtirilgan va arzonroq versiyasi – Google Pixel Buds A modelini namoyish qildi.

Garchi arzonlashtirilgan versiyasi bo‘lsa-da, Pixel Buds A tashqi ko‘rinishi oddiy Pixel Buds’dan umuman farq qilmaydi: o‘sha 12 millimetrlik drayverlar, korpusi IPX4 standartida himoyaga ega. Akkumulyatorining tok sig‘imi va quloqchin avtonomligi ham o‘zgarmagan – g‘ilofsiz 5 soat, keys bilan esa 24 soat ishlashga yetadi. Google unda smartfonlarga tezkor ulanuvchi Fast Pair funksiyasini hamda atrof-muhitga qarab ovozni sozlovchi Adaptive Sound texnologiyasini ham qoldirgan.

Xo‘sh, unda Pixel Buds A modelining standart Pixel Buds’dan farqi nimalarda o‘zi? Farqi – arzon naushnikka simsiz quvvatlanish texnologiyasi tatbiq etilmagan; bundan tashqari, unda ovozni quloqchinning o‘zidan o‘zgartirish imkonini beruvchi Attention Alerts funksiyasi yo‘q.

O‘QING: Simsiz quvvatlanib, 28 soat avtonom ishlovchi Redmi AirDots 3 Pro chiqdi

Quyida Google Pixel Buds A modeliga bag‘ishlab tayyorlangan rasmiy videorolikni tomosha qilamiz:

Google Pixel Buds A uchun allaqachon ishlab chiqaruvchining rasmiy saytida oldindan buyurtma olinmoqda. Kompaniya uni ikki xil (Clearly White hamda Dark Olive) rangdagi korpuslarda chiqargan va 99 dollarlik narx belgilagan.

O‘QING: Bojxonachilar ikki mingta «qalbaki Apple AirPods»ni qo‘lga olib, o‘zlari sharmanda bo‘lishdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!