Pixel C: Google’dan eng yaxshi planshet

Pixel C: Google’dan eng yaxshi planshet

Google tomonidan yaratilgan yangi Pixel C plansheti shu turdagi Android qurilmalar orasida eng zo‘ri sifatida e’tirof etilmoqda. Ajoyib displey, mustahkam quvvat manbai, yuqori darajadagi dizaynga ega mazkur planshetga o‘zining boshqa muqobillarining “kushandasi” sifatida nisbat berilmoqda. Qolaversa, xohlovchilar uchun taklif qilingan klaviatura qurilmaning imkoniyatlarini oshiruvchi ayni zarur detaldir.

Pixel C Google tomonidan 2015 yilning 29 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Nexus 5X hamda 6P mobil qurilmalarining namoyishi vaqtida bir ozgina jur’atsizlik bilan yoki tortinibgina tanishtirilgan edi. Ammo bugun axborot texnologiyalari sohasi ekspertlari ham qurilmaning imkoniyatiga yuqori baho bermoqdalar.

PixelC-HandsOn-16-650-80

2015 yilning mayida e’lon qilingan Androidning so‘nggi talqini – Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydigan Pixel C’ni yaratishda kompaniya katta kuch va e’tibor sarflagani ko‘rinib turibdi. Nexus brendining yaratilishi Asus va HTC kompaniyalarining sa’y-harakatlari bilan bog‘lansa ham, ushbu planshet batamom Google nazorati ostida ishlab chiqarilgan.

Alyuminiy korpus, silliq qirra, qo‘lga o‘rnashuvchan sirt foydalanishga qulay. Qurilmaning og‘irligi 466 gramm. LTPS texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan 10.2 dyuymli (1 dyuym = 25,5 mm) displey tasvirni 2560×1800 piksel hajmda ko‘rish imkonini beradi. Har bir dyuymda tasvir zichligi 308 piksel.

PixelC-HandsOn-05-650-80

Solishtirish uchun, planshetlar qiroli deya sifat berilgan 9,7 dyuymli iPad Air 2 plansheti tasvirni 2048×1536 pikselda yetkazadi va tasvir zichligi har bir dyuymga 264 pikselni tashkil qiladi. Shuningdek, yangi planshetning qobiliyat va o‘ziga xosliklari Samsung Galaxy Tab S2 va Sony Xperia Z4 Tablet planshetlaridan ham yuqori.

Taqqoslashingiz uchun, iPad Air 2 437 gramm tosh bosadi. Shuningdek, Air 2 qalinligi va hajmiga ko‘ra, 242 x 179 x 7 mm.li Pixel C planshetidan yupqa va ixcham.

Pixel C displeyi Nexus 9 displeyiga qaraganda yorqin va imkoniyati ham yuqori. Shu sababli unga Nvidia Tegra X1 protsessori va qo‘shimcha 3 gigabaytli LPDDR4 operativ xotira o‘rnatilgan.

PixelC-HandsOn-23-650-80

Shu bilan birga, Google xaridorlarga qo‘shimcha 149 AQSh dollari hisobiga ushbu planshetga mo‘ljallangan birmuncha aqlliroq klaviaturani ham taklif qilmoqda. Uning yordamida Pixel C Android planshetdan gibrid laptop yoki noutbukka aylanadi. Kompaniya ayni paytda shunga o‘xshash Microsoft Surface Pro 4 hamda iPad Pro mobil qurilmalari bozorini ham sinchiklab o‘rganmoqda.

Pixel C’ning 32GB va 64GB’li ikki modeli sotuvga chiqarilgan. 32GB xotiraga ega planshetning bahosi 499, ikkinchi modelining bahosi esa 599 AQSh dollarini tashkil qiladi. Ya’ni, u planshet foydalanuvchilari orasida ommabop bo‘lgan iPad Pro va Surface Pro 4 qurilmalaridan arzon.

PixelC-HandsOn-12-650-80Google’ning qo‘sh simkartali, Nexus – 6P va 5X seriyasidagi smartfonlariga xos bo‘lgan barmoq izlari yordamida kirish tizimi ushbu qurilmada joriy qilinmagan. Qurilmaga ovozli kirish tizimi mavjud. Buning uchun uning to‘rt tomonida mikrofon o‘rnatilgan. Planshet “OK, Google” buyrug‘ini bir necha metrdan turib ham eshitadi, unga munosabat bildiradi.

Qurilmaning ustki, chap qismidan joy olgan USB-C porti yordamida qurilmani quvvat oldirish, ma’lumotlarni almashish mumkin. Yana bir o‘ziga xoslik uning yordamida boshqa mobil qurilmalarni quvvatlantirish ham mumkin. 34,2 Vt.li quvvatlantirgich planshetda 10 soat davomida ishlash imkoniyatini beradi.

PixelC-HandsOn-18-650-80

Qurilmaning asosiy kamerasi 8, orqa kamera 2 megapikselli. Stereodinamika yordamida audiofayllar har ikki tomondan eshitiladi. Ovoz eng yuqori darajada ko‘tarilgan taqdirda ham, Pixel C boshqa planshetlar singari xirillab qolmaydi.

Ushbu mahsulot narx va qulayligi jihatidan qulay bo‘lsa-da, planshet savdolarida peshqadam bo‘lgan Apple qurilmalaridan yetakchilik mash’alasini olishi oson bo‘lmasligi taxmin qilinmoqda.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

Amazon $679 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!