Pixel'dan Pixel'gacha: Google ekotizimi kengaymoqda

Pixel'dan Pixel'gacha: Google ekotizimi kengaymoqda

Har yili bo'lib o'tadigan Google'ning I/O tadbirining bu yilgi soni ham o'z nihoyasiga yetdi va unda kompaniya anchadan beri mish-mish bo'lib kelayotgan Pixel qurilmalarini rasman taqdim qildi.

Google Pixel 7 va Pixel 7 Pro

Ha, Google o'zining yangi avlod Pixel smartfonlarini tadbir davomida ko'rsatib o'tdi. Biroz o'zgartirilgan orqa panel va undagi kamera ko'rinishi dizayniga ega Pixel 7 va Pixel 7 Pro avvalgisidek ikki va uch kamera bilan shu yilning kuz faslida sotuvga chiqariladi.

Google Pixel 6a

Kompaniyaning uzoq kutilgan mahsulotlaridan biri bo'lgan o'rta darajadagi Pixel 6a vanihoyat dunyo yuzini ko'rdi. Smartfon 6.1 dyuymli 60Hz yangilanish tezligidagi display bilan ta'minlangan bo'lib, u orqa tomonida ikkita: 12MP ultra-keng va 12.2MP keng kameraga ega. Kapot ostida esa kompaniyani o'zining Tensor chipi o'rnatilgan va qurilma 6GB operativ, 128 GB doimiy xotira bilan 4,410 mAh sig'imli batareyada ishlaydi. O'tgan yilgisi bilan bir xil $449 narxdagi Pixel 6a uchun oldindan buyurtma berish 21-iyuldan boshlanadi.

Google Pixel Watch

Internetda ko'plab muhokamalarga sabab bo'lgan Pixel Watch aqlli soatining chiqarilishi ham rasman e'lon qilindi. Yangilangan Wear OS 3 versiyasida ishlaydigan smartsoat shu yilning kuz faslida Pixel 7 bilan chiqarilishi ma'lum qilindi, shunday ekan uning xususiyatlari va narxi haqida hozircha batafsil ma'lumotlar berilgani yo'q.

Google Pixel Buds Pro

Tadbirda kompaniya o'zining eng oliy darajadagi mahsulotlaridan biri bo'lgan Pixel Buds Pro ham taqdim qilindi. Faol shovqinni bekor qilish va u bilan foydalanganda yetti soatgacha yetadigan batareyaga ega simsiz quloqchinlar Pixel 6a bilan birgalikda 21-iyuldan $199 narxda sotuvga chiqariladi.

Google Pixel Tablet?

Tadbir davomida Google o'zining Android bilan ishlaydigan "premium" planshetini ishlab chiqarishi ma'lum bo'ldi. Garchi Pixel Tablet haqida hozircha unchalik ko'p ma'lumotlar mavjud bo'lmasada, u Tensor chipi bilan 2023-yilda chiqarilishi tahmin qilinmoqda.

Google AR Glass

Taqdimot oxirida kompaniya o'zining yana bir yangi mahsuloti, AR ko'zoynoklarini ko'rsatib o'tdi. Qurilmaning asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, u foydalanuvchiga suhbatdoshining so'zlarini real vaqtda tarjima qilib, ko'z oldiga chiqarib bera oladi. Bu xuddi dunyo uchun subtitrlarga o'xshaydi. Afsuski, uning texnik xususiyatlari va qachon, qaysi narxda chiqarilishi haqida hozircha ma'lumotlar mavjud emas.

Bu yangi qurilmalar bilan Google ham o'zining o'zining qurilmalar ekotizimini yaratmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi.

O'QING: Pixel 7 va Pixel 7 Pro

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.