Planshetlar savdosida keskin pasyish kuzatildi

Planshetlar savdosida keskin pasyish kuzatildi

Microsoft pandemiya sharoitida ishlash uchun mos bo‘lgan mobil qurilmalarga bo‘lgan talabdan foydalandi. Surface seriyasidagi o‘zgarishlar kompaniyani dunyodagi yetakchi planshet sotuvchilaridan biriga aylantirdi. 

Ayni paytda ko‘plab kompaniyalarning planshet savdo hajmi tushib ketmoqda. Umuman olganda, planshet yetkazib berish 2021-yilda 3% ga qisqargan bo‘lsa, to‘rtinchi chorakda 25% ga kamaydi. Chorak davomida jami 46.7 million dona planshet yetkazib berildi. Ushbu ma’lumotlar Strategy Analysis hisobotida ko‘rsatilgan. 

Tahlilchilarning fikricha, xaridorlarning noutbuklarga bo‘lgan talabi oshganligi planshetlar savdosining tushib ketishiga sabab bo‘lgan. Komponentlarning yetishmasligi bir vaqtning o‘zida ikkita bozorda talabni to‘liq qondirishga to‘sqinlik qildi. 

Apple to‘rtinchi chorakda bozor yetakchiligini saqlab qoldi. Kompaniya oktyabrdan noyabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida 14.6 million dona planshet yetkazib berishga muvaffaq bo‘ldi, bu yillik hisobda 21% ga kam deganidir. Apple kompaniyasining bozor ulushi 31% ni tashkil qiladi. 

Bozor ulushi 16% bo‘lib, ikkinchi o‘rinni egallagan Samsung 7.3 million dona planshet yetkazib berdi. Yillik ko‘rsatkichda kompaniyaning savdo hajmi 28% ga kamaydi. 

12% bozor ulushiga ega bo‘lgan Amazon uchinchi o‘rinni egalladi. Chorak davomida kompaniya 5.8 million dona planshet sotdi, bu 2020-yilning to‘rtinchi choragiga nisbatan 13% kam deganidir. 

Lenovo 4.6 million dona planshet yetkazib berdi. Kompaniyaning savdo hajmi 17% ga tushib ketdi. Lenovo'ga tegishli bozor ulushi 10% ni tashkil qiladi. 

Kuchli beshlikni Microsoft yakunladi. Kompaniya 1.9 million dona planshetlar sotdi. Bu bir yil avvalgidan atigi 1% ga kam demakdir. Microsoft'ning bozor ulushi esa 4% ni tashkil etadi.

O‘QING: 2021 yilda eng ko‘p smartfon sotgan kompaniya nomi ma’lum bo‘ldi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!