Plastik karta o‘lchamida to‘laqonli smartfon taqdim etildi

  •   DiMaX
  •  649
  •  07.08.2021 15:40

Plastik karta o‘lchamida to‘laqonli smartfon taqdim etildi

Xitoyning Mony kompaniyasi Indiegoo maydonchasi orqali 4G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan dunyodagi eng kichkina smartfonni namoyish etdi. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, ushbu smartfon barcha ishni qila oladi, deya xabar beradi Daryo nashri.

O‘QING: Noodatiy dizaynga ega 10 ta mobil telefon

Kompaniya bayonotiga ko‘ra, Mony Mint nomini olgan smartfon foydalanish noqulay bo‘lgan vaziyatlarda eng qimmat telefonlar o‘rnini bosish uchun mo‘ljallangan. Masalan, katta telefonni ko‘chadagi mashg‘ulotlar vaqtida ko‘tarib yurish ko‘plab noqulayliklarni yuzaga keltiradi.

Mony Mint smartfoni 3 dyuymli sensor displey bilan jihozlangan. Bu LTE’ni qo‘llab-quvvatlaydigan 3,3 dyuymli Palm Phone’dan kichikroq demak. O‘ziga xos dizaynga ega smartfonning o‘lchamlari plastik kartasichalik keladi. Telefonda USB-C portidan tashqari, o‘chirib-yoqish hamda ovozni boshqarish tugmalari mavjud.

Mony Mint 3 gigabayt tezkor va 64 gigabayt ichki xotira bilan jihozlangan. Hatto SD-karta slotidan ham foydalanish mumkin. Ikkita SIM-kartaga ega smartfon ko‘plab mashhur mobil dasturlar o‘rnatilgan holda yetkazib beriladi. Qurilma Android 9 operatsion tizimi yordamida boshqariladi.

Smartfonning akkumulyator sig‘imi 1250 mA/soatga teng bo‘lib, u qurilmaning bir marta quvvatlanish orqali uch kungacha ishlashini ta’minlaydi.

Mony Mint narxi 150 dollarni tashkil etadi va noyabrdan sotuvga chiqadi. Ammo hozircha u kollektiv moliyalashtirish bosqichida bo‘lib, narxi 100 dollarni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning iyulida Kickstarter kraudfanding maydonchasida 3 dyuymli ekranga ega zamonaviy va qulay Jelly 2 smartfoni paydo bo‘lgan edi.

O‘QING: Vizitkaga joylangan mikrokompyuter taqdim etildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!