Play Games'ning yangi logotipi Android uchun tarqatilmoqda

Play Games'ning yangi logotipi Android uchun tarqatilmoqda

Kompyuterlar uchun Play Games'ni ishga tushirganida, Google xizmat uchun yangi logotipni taqdim qilgan edi va endi u Android ilova uchun ham tarqatilmoqda.

2016-yilda, Google o'zining Play oilasidagi ilovalari logotiplarini uchburchakka asoslangan dizaynda yangilagan edi. Bunda ilovalarning piktogrammalari qaysi ilova ekanligiga ko'ra, (masalan, Play Books'da kitob piktogrammasi) uchburchakdan biroz chiqib turar edi.

Yillar davomida Play Music ilovasi YouTube Music bilan, Play Newsstand ilovasi Google News bilan, Google Movies esa Google TV bilan alishtirildi. Play'lar oilasida faqat Play Books, Play Games va Play Store uchligi qoldi.

2021-yilda kompyuterlar uchun Play Games'ni tizer qilish bilan Google xizmat uchun yangi logotipni e'lon qildi. U xuddi o'tgan yili Play Store'ning 10 yilligida yangilangan logotip stilida edi.

Yangi logotip tekis va soyasiz bo'lib, unda siz o'yin kontrollerining o'ng tomoni uchburchak ichida joylashganligini ko'rasiz. Orqa fonda to'qroq yashil rangdan foydalanilgan bo'lsa, o'yin kontrolleriga juda och yashil rang berilgan. Shuningdek, Google ushbu logotipning o'yin kontrolleri shaffof ko'rinish olgan variantidan ham foydalanadi.

Va shu yangi logotip Play Games'ning Android ilovasi uchun 2023.01.40470 versiyasida tarqatilmoqda. Ilovani ushbu versiyaga yangilaganingizda yangi logotip oq yumaloq shakl ichida ko'rasiz.

Play Store va Play Games logotipi yangilandi. Endi Play'lar oilasida faqat Books o'zgarishlarsiz qolmoqda va bu uzoq vaqtga cho'zilmasligi mumkin.

O'QING: Apex Legends'ning mobil o‘yini yopilmoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!