Play Market'ning dizayni yangilandi
Google kompaniyasi Google Play'ning yangilangan versiyasini chiqardi. Asosiy o‘zgarishlardan biri, rasmiy do‘kon ilovasi dizayniga tegishli: Material Design konsepsiyasi qo‘llanganidan so‘ng interfeys “yengillashgan”, navigatsiyalar soddalashtirilgan va yuklab olish vaqtida ko‘zga tashlanuvchi dastur elementlariga ko‘proq e’tibor qaratilgan.
Ilovalar oynasi tartibi qayta ko‘rib chiqilgan — asosiy e’tibor bosh elementlarga qaratilgan: reyting, skrinshot va oxirgi yangilanishlardan keyingi o‘zgarishlar ro‘yxati o‘zgargan. Dastur yuklanayotganligini ko‘rsatuvchi indikator, ilova ikonkasi atrofidagi aylanaga ko‘chgan — u yuklanish hajmiga qarab to‘lib boradi.
Yangi dizayndagi Google Play'ni allaqachon 15.1.24. versiyasigacha yangilagan holda o‘rnatib olish mumkin. Ishlab chiqaruvchi yangilanish yaxshi o‘rnatilmagan taqdirda, telefon sozlamalaridan dasturning kesh qismini tozalashni yoki qo‘lbola yo‘l bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri apk-faylini o‘rnatishni maslahat bergan.
O‘QING: Google Play’da yirik tozalash: qo‘ng‘iroq va xabarlaringizni «ko‘ruvchi» ilovalar o‘chiriladi!