Play Station 5 qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi?

Play Station 5 qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi?

LetsGoDigital yaqinda tarmoqda paydo bo‘lgan PlayStation 5 eskizlari asosida konsolning ajoyib renderlarini yaratdi va bu haqda Terabayt.uz'ga xabar berdi. Ushbu suratlar qurilma haqida yanada ko‘proq ma’lumot olish imkonini beradi.

O‘QING: PlayStation 5 haqidagi Sony xabari millionlab geymerlarning hafsalasini pir qildi!

Ko‘pchilikning o‘ylashicha, bu PlayStation 5 o‘yin konsolining aynan sotuv uchun tasdiqlangan varianti bo‘lishi mumkin. Sababi, odatiy Deb Kit versiyada qurilma ancha zerikarli dizaynda taqdim qilinadi. Demak, agar PlayStation 5’ning yakuniy ko‘rinishi yanada o‘zgacha bo‘lishi mumkin.

Playstation console

Narxiga keladigan bo‘lsak, avvalroq PS 5 bosh arxitektori “konsol o‘z xususiyatlariga nisbatan olganda ajoyib narxga ega bo‘ladi”, deb aytgandi. Biroq, yangi model eng kamida PS4’dan qimmatroq bo‘lishi turgan gap. 3 yil avval taqdim qilingan Sony PS4 Pro modeli 400 yevrodan sotuvga chiqarilgandi. Demak, yangi PS5 taxminan 500 yevro atrofida baholanadi.

Фотогалерея дня: впечатляющие рендеры PlayStation 5 в разрешении 4K

Sony’ning yangi o‘yin konsoli 2020 yilning fevralida PlayStation Meeting 2020 marosimida taqdim qilinishi mumkin. Allaqachon taqdim qilingan o‘yin konsollarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 2 875 000 so‘mdan narxlarda harid qilishingiz mumkin. Shuningdek, smartfonlarda o‘ynash uchun Hoco Flying dragon geympadini atigi 277 000 so‘mga xarid qilish imkoni ham bor.

O‘QING: TOP-15: Eng ommabop o‘yin pristavkalari – PlayStation 4 atigi 6-o‘rinda!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.