Play Store ilovalar do'koniga yangi yorliq qo'shiladi

Play Store ilovalar do'koniga yangi yorliq qo'shiladi

Google'ning Play Store ilovalar do'koni nafaqat smartfon uchun, balki smartsoatlar, televizor va mashinalar uchun ilovalarni o'z ichiga oladi va endilikda kompaniya ular uchun alohida yorliq qo'shmoqda.

9to5Google nashrining xabar berishicha, kompaniya Ilovalar bo'limining qidiruv maydoni ostidagi "Siz uchun", "Yuqori jadvallar", "Bolalar", "Premium" va "Kategoriyalar" yorliqlari orasiga yangi, "Other devices" (ingliz tilidan tarjima qilinganda "Boshqa qurilmalar") yorlig'ini qo'shmoqda.

Eslatib o'tish joizki, Google yaqinda "Muharrirlar tanlovi" yorlig'ini olib tashlagan edi.

"Boshqa qurilmalar" yorlig'i ichida uchta pastki yorliqlar ham mavjud bo'lib, ular Soat, TV (Televizor) va Mashina'larga bo'linadi.

Katerigoriyalar > Soat ilovalari bo'limi orqali allaqachon Wear OS tizimida ishlaydigan aqlli soatlar uchun ilovalar topish imkoniyati mavjud va u yangi yorliq bilan ham shundayligicha qolishi aytilmoqda. Televizor uchun ilovalar yorlig'i "Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling", "Bepul filmlar & TV" va "Aqlli va Sog'lom" bo'ling kabi 9 ta ilovalar karuselini o'z ichiga oladi. Mashinalar yorlig'ida esa Android Automotive uchun "Yoqtirganlaringizni strim qiling" va "Xabardor bo'ling" karusellarini ko'rish mumkin.

Yorliqlarning barchasi garchi akkauntingizga o'sha qurilmalar ulanmagan bo'lsa ham paydo bo'ladi.
Shuningdek, asosiy yorliq O'yinlar bo'limida ham mavjud bo'lib, unda faqat Televizor uchun pastki yorliq mavjud, lekin unda o'yinlar karuselini ko'rish mumkin xolos.

Yangi xususiyat aniq qachondan tarqatilishi hozircha ma'lum emas.

O'QING: iOS 16 tizimida Telegram'dagi matnlar formatini qanday o‘zgartirish mumkin? 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!