PlayStation 4 egalariga xushxabar: endi PlayStation 5’ga havas qilmay qo‘yaverasiz!

  •   DiMaX
  •  1062
  •  10.11.2020 10:52

PlayStation 4 egalariga xushxabar: endi PlayStation 5’ga havas qilmay qo‘yaverasiz!

Esingizda bo‘lsa, PlayStation 5 o‘yin konsoli hamda aksessuarlarining barcha bozorlarga chiqish sanalari va narxlari e’lon qilgan edik. Keyin esa Sony korporatsiyasining o‘zi ushbu pristavka hamda uning «raqamli versiyasi» – PlayStation 5 Digital Edition modelining narxlarini, ularning eksklyuziv o‘yinlarini ham rasman aytgan. Shuningdek...

O‘QING: PlayStation 5 haqida bilishingiz kerak bo‘lgan 23 fakt (Sony rasmiy videosi)

Hozir dunyoda (O‘zbekistonda ham) eng ommabop Sony o‘yin konsoli – PlayStation 4 modelidir. Biroq ularning egalari eksklyuziv o‘yinlari uchun beshinchi avlod pristavkaga havas qilayotganlarini ham tushunsa bo‘ladi.

Yapon kompaniyasi shuni hisobga olib, PlayStation 4 konsoliga yangi – PS5 Remote Play ilovasini qo‘shdi. Uning yordamida PlayStation 5’dagi kontentni eski – PlayStation 4 qurilmasiga translyasiya qilish imkoni tug‘ildi. Ya’ni, faqat yangi avlod pristavkasi uchungina chiqarilgan o‘yinlarni ham endi PS4 orqali o‘ynash mumkin bo‘ladi!

Buning uchun ularning bitta tarmoqqa ulanishi ham talab etilmaydi, umuman olganda – oralaridagi masofaning ahamiyati yo‘q. PlayStation 4’ni ulash uchun yangi avlod konsolida tizim menyusidagi masofadan ijro etish funksiyasini faollashtirish talab etiladi. Keyin esa pristavkalarni avtomatik tarzda Wi-Fi orqali yoki kod orqali o‘zaro bog‘lash kerak.

PlayStation 4’larga PS5 Remote Play ilovasi hududlar bo‘ylab bosqichma-bosqich tarqatiladi. PlayStation 5 modelining global relizi 19 noyabrda bo‘lib o‘tadi va mazkur ilova ham shundan keyin to‘liq ishlab ketishi kutilmoqda.

O‘QING: PlayStation 5’ga tushmaydigan PS 4 o‘yinlarini Sony rasman e’lon qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.