PlayStation 4 geymerlariga koronavirus zarari

  •   DiMaX
  •  530
  •  25.03.2020 12:13

PlayStation 4 geymerlariga koronavirus zarari

Koronavirus pandemiyasi davrida ko‘pchilik o‘z uyida qolganligi sababli internetga, o‘yin serverlariga juda ko‘p yuklama tushayotir. Shu sababli yaqinda YouTube servisi roliklar sifatini pasaytirgandi.

O‘QING: Endi siz ham koronavirus tufayli YouTube’da pul ishlab olishingiz mumkin!

Sony kompaniyasi ham PlayStation pristavkalaridan foydalanuvchi yevropalik geymerlar uchun pandemiya pallasida yuklanish tezligini pasaytirdi. Bu xususda PlayStation rahbari Jim Rayan ma’lumot bergan.

Ko‘plab mamlakatlar o‘z aholisi uchun karantin joriy etgan, natijada ular internetga sho‘ng‘ib ketishgan; bu esa onlayn-servislardan foydalanish chastotasiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Serverlar bu yuklamani ko‘tara olmay, geymerlar internetdan uzilib qolishlarining oldini olish maqsadida, Sony o‘z servislaridan hamda PlayStation konsollaridan foydalanuvchilar uchun internet tezligini pasaytirishga majbur bo‘lgan.

Cheklovlar o‘yinlarni PlayStation Network’dan ko‘chirib olish va yangilash jarayonlariga tatbiq etilgan; shu boisdan o‘yinlarning yuklanishi uzoqroq muddat davom etadi. Ammo onlayn loyihalarda geympley barqaror holida saqlanib qoladi, demoqda yapon kompaniyasi.

Aytish kerakki, Sony va YouTube’dan tashqari, Netflix hamda Amazon Prime ham shunday yo‘l tutishgan.

O‘QING: 77 yashar pokemon ovchisi koronavirus sababli o‘zi «ovlandi»

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!