PlayStation 4 savdosi 100 milliondan oshib, hali taqdim etilmagan PlayStation 5 ham sotuvga chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1507
  •  31.07.2019 14:17

PlayStation 4 savdosi 100 milliondan oshib, hali taqdim etilmagan PlayStation 5 ham sotuvga chiqdi!

Sony kompaniyasi kuni kecha e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, joriy yilning ikkinchi choragida u 3,2 million donadan oshiq PlayStation 4 o‘yin pristavkalarini sotgan. Bu o‘tgan yilning ayni shu davridagi bilan bir xil ko‘rsatkichdir.

O‘QING: Yashnobodlik «shovvoz»ga o‘yingohdan o‘marilgan PlayStation buyurmadi

Shuningdek, PlayStation 4 taqdim etilganidan beri yuz million donadan oshiq sotilgani ham hisobotda qayd etilgan.

Umuman, yakuniga yetgan chorak mobaynida PlayStation Plus pulli obunasini 36,2 million nafar geymer rasmiylashtirgan, bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 millionga oshiq. PlayStation 4 uchun o‘yin va ilovalarning sotilish hajmi esa 42,9 millionga yetgan.

Shu bilan birga, Shvetsiyaning MediaMarkt onlayn-magazini hali taqdim etilmagan Sony PlayStation 5 uchun allaqachon oldindan buyurtma ochgan. Lekin narxini ko‘rib hushingiz boshingizdan uchishi aniq – naq 9999 shved kroni (taxminan 1000 AQSh dollari)!

Avvalroq sizib chiqqan xabarlarga ko‘ra, PlayStation 5 narxi taxminan 500 dollar atrofida bo‘lishi kerak. Do‘konlarga uni keyingi yilning bahori yoki kuzida chiqarishlari kutilmoqda.

Turli variantlardagi PlayStation 4 o‘yin pristavkalarini esa 2 665 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: PlayStation 5 qachon PS4’ni «o‘ldirishi»ni Sony o‘zi ma’lum qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!