PlayStation 5 hamda aksessuarlarining barcha bozorlarga chiqish sanalari va narxlari e’lon qilindi

  •   DiMaX
  •  980
  •  24.08.2020 12:44

PlayStation 5 hamda aksessuarlarining barcha bozorlarga chiqish sanalari va narxlari e’lon qilindi

Sony korporatsiyasi 12 iyunga o‘tar tunda PlayStation 5 o‘yin konsoli hamda kutilmaganda uning PlayStation 5 Digital Edition versiyasini taqdim etgan edi. Endi insayderlar mazkur pristavkaning hamda uning barcha aksessuarlarining sotuvga qachon chiqishini hamda narxlarini aytishdi.

O‘QING: PlayStation 5 sirini raqobatchi – Xbox rahbari fosh etdi

Xabarga ko‘ra, ularning barchasi dastlab – 14 noyabr kuni Yaponiyada sotuvga chiqariladi. Yangi avlod o‘yin qurilmalari global bozorda 20 noyabrdan sotila boshlaydi.

Ulardan har birining turli bozorlardagi narxlari esa quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan:

Kutilganidek, o‘yin konsolining raqamli (disk qo‘yilmaydigan) talqini uning eng arzon versiyasi bo‘ladi. PlayStation 5 Digital Edition uchun Yevropa bozorida 400 yevro, AQShda esa 400 dollar so‘rashadi. Pristavkaning an’anaviy (diskovodli) versiyasi esa tegishlicha 100 yevro/dollarga qimmat ekan.

PlayStation 5 uchun eng qimmat aksessuar Pulse 3D simsiz garniturasi bo‘lib, Yevropada uning narxi AQShdagidan ham balandroq. Lekin tikka podstavkani Yevropadagi geymerlar arzonroq olishlari mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Geymerlarning sevimli qurilmasi: PlayStation 4 tavsifi bilan tanishing!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.