PlayStation 5 haqida bilishingiz kerak bo‘lgan 23 fakt (Sony rasmiy videosi)

  •   DiMaX
  •  2071
  •  25.09.2020 10:45

PlayStation 5 haqida bilishingiz kerak bo‘lgan 23 fakt (Sony rasmiy videosi)

Sony korporatsiyasi PlayStation 5 o‘yin pristavkasini hamda uning «raqamli versiyasi» – PlayStation 5 Digital Edition modelining narxlarini e’lon qilgan. U endi o‘zining PlayStation Access nomli rasmiy YouTube-kanalida mazkur konsol haqidagi 23 faktni ko‘rsatuvchi lavhani ulashdi.

O‘QING: PlayStation 5 allaqachon Xbox Series X ustidan ilk g‘alabasini qozondi

Mazkur videorolik «PlayStation 5 haqida bilishingiz kerak bo‘lgan 23 narsa» deb nomlangan.

Quyida esa ulardan eng muhimlarini matnli tarzda keltirmoqdamiz:

  • Sotuvga ikki versiyadagi PS5 chiqadi: diskovodli va “raqamli”. Birinchisining narxi – 499,99 dollar/yevro, ikkinchisiniki esa – 399,99 dollar/yevro.
  • Savdoga chiqish kuni: AQSh, Yaponiya, Kanada, Avstraliya, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya – 12 noyabr. Qolgan hududlarda – 19 noyabr.
  • Relizdagi bepul o‘yinlar: Astro's Playroom (PS5 xotirasida), Fortnite (PS Store’dan bepul yuklab olish mumkin).
  • Sony o‘yinlari: Marvel's Spider Man - Miles Morales, Astro's Playroom, Demon's Souls, Sackboy A Big Adventure, Deastruction Allstars.
  • PS Plus obunachilari uchun PS Plus Collection taklifi mavjud.
  • Yangi kontroller: DualSense.
  • DualSense’ning betakror xossalari: o‘yin mualliflari tomonidan dasturlashtirilgan taktil vibratsiya va qarshilik ko‘rsatuvchi triggerlar.
  • PS5 texnik xususiyatlari: protsessor: x86-64 AMD Ryzen (8 yadroli); grafik protsessor: AMD Radeon RDNA 2 (10,3 TFLOPS); 16 GBlik tezkor xotira (GDDR6); 825 GBlik yuqori tezlikdagi SSD-xotira.
  • Kerakli rejimlarni o‘rnatish imkoni. Masalan, ko‘p foydalanuvchi yoki yakkalik kampaniya modulini xohishga ko‘ra o‘chirib qo‘yish mumkin.
  • Tashqi xotira saqlagichini ulasa bo‘ladi.
  • 3D Tempest audiotizimi.
  • Yangi garnitura – Pulse 3D Audio.
  • Boshqa aksessuarlar: ikkita DualSense kontrolleri uchun quvvatlagich, masofadan boshqaruv pulti, HD-kamera (1080p).
  • Yangi pristavka PS VR bilan o‘zaro mos keladi.
  • PlayStation 4 konsolidagi o‘yinlarning 95 foizini PS5’da ham o‘ynash mumkin.
  • Bepul yangilanishlar. PS4 o‘yinlarini PS5’da o‘ynash uchun bepul yangilanish imkoni bo‘ladi, lekin Spider-Man bundan mustasno.

O‘QING: OGOH BO‘LING: Bu ommabop o‘yin fanatlari o‘zlarini o‘ldira boshlashdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.