PlayStation 5 haqidagi Sony xabari millionlab geymerlarning hafsalasini pir qildi!

  •   DiMaX
  •  1998
  •  27.04.2019 09:10

PlayStation 5 haqidagi Sony xabari millionlab geymerlarning hafsalasini pir qildi!

Sony kompaniyasi o‘zining beshinchi avlod o‘yin konsoli – PlayStation 5 modelini va uning uchun o‘yinlarni ham tayyorlayotganidan xabaringiz bor. Qizig‘i – ushbu o‘yin pristavkasi narxining teng yarmi AMD Ryzen 3600G protsessorining o‘zigagina tegishli!

O‘QING: Sony PlayStation 5: narxi va xususiyatlari, taqdimot va sotuvga chiqish vaqti

Endi esa Sony kompaniyasi mazkur konsolni yaqin o‘n ikki oy ichida chiqarmasligini ma’lum qildi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri jurnalisti Takashi Mochizuki o‘zining Tvitter-akkaunti orqali xabar bergan:

Demak, yangilikka ishqiboz geymerlar bu borada hali sabr qilib turishlariga to‘g‘ri keladi. Eslatib o‘tamiz, Sony kompaniyasining PlayStation 4 500GB rusumli o‘yin konsolini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 3 385 000 so‘m evaziga sotib olish mumkin. Shuningdek, smartfonlarda o‘ynash uchun Ipega Batman Wireless geympadini atigi 249 000 so‘mga xarid qilish imkoni ham bor.

O‘QING: TOP-15: Eng ommabop o‘yin pristavkalari – PlayStation 4 atigi 6-o‘rinda!