PlayStation 5 qachon PS4’ni «o‘ldirishi»ni Sony o‘zi ma’lum qildi
Sony kompaniyasi yangi avlod – PlayStation 5 o‘yin konsolini tayyorlayotgani haqida Terabayt.uz saytida bir qator xabarlar e’lon qilingan. Jumladan, uning ishlash tezligi PlayStation 4 bilan solishtirilgan videoni ham ko‘rgansiz.
O‘QING: PlayStation 5 haqidagi Sony xabari millionlab geymerlarning hafsalasini pir qildi!
Garchi yangi avlod o‘yin pristavkasi 2020 yili taqdim etilib, sotuvga chiqarilsa-da, geymerlar hali PlayStation 4 modelini tashlab yuborishga shoshilmasalar ham bo‘ladi. Sony kompaniyasi rahbariyati kuni kecha investorlar oldida chiqish qilganida, PS4’larning taqdiriga daxldor rejasini ham oshkor etdi.
Unga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi PlayStation 4 konsollarini qo‘llab-quvvatlashni pristavkaning beshinchi versiyasi chiqqanidan keyin ham uch yil mobaynida davom ettiradi. Sony fikricha, mazkur gadjet hali iste’molchilarni qiziqtiradi va kompaniyaga daromad keltiradi. Shu bois ham PS4 uchun eksklyuziv o‘yinlar, jumladan – The Last of Us 2, Death Stranding kabilar Ghost of Tsushima tayyorlanmoqda.
O‘QING: TOP-15: Eng ommabop o‘yin pristavkalari – PlayStation 4 atigi 6-o‘rinda!
Aytib o‘tish o‘rinliki, Sony hamisha yangi o‘yin konsollarini taqdim etgach, «eski»larini ma’lum vaqtgacha qo‘llab-quvvatlab kelgan. Jumladan, PlayStation 2 modeli faqat 2012 yilga kelib, PlayStation 3 esa 2017 yili qo‘llab-quvvatlashdan to‘xtatilgan.
Darvoqe, Sony kompaniyasining PlayStation 4 500GB rusumli o‘yin konsoli Terashop.uz internet-do‘konimizda arzonlashgan – endi uni 3 385 000 so‘m emas, balki 2 665 000 so‘m evaziga sotib olish mumkin. Shuningdek, smartfonlarda o‘ynash uchun Ipega Batman Wireless geympadini atigi 249 000 so‘mga xarid qilish imkoni ham bor.
O‘QING: Yashnobodlik «shovvoz»ga o‘yingohdan o‘marilgan PlayStation buyurmadi