PlayStation 5 qachon taqdim qilinadi?

PlayStation 5 qachon taqdim qilinadi?

Sony'ning ma’lum qilishicha, PlayStation 5 keyingi yilning oxiriga qadar taqdim qilinib, butun dunyoda sotuvga chiqariladi.

Konsol kontroleri takomillashgan tebranish texnologiyasiga ega bo‘ladi. Qurilmaning o‘ziga esa SSD diski o‘rnatiladi va bu o‘yinlar tezroq yuklanishini anglatadi. PS5'dagi grafikalar ham yangilanib, yorug‘lik effektlarini takomillashtiruvchi yangi texnologiya ham qo‘shiladi.

Yangi PlayStation'da Microsoft'ning Xbox'idagi kabi yangilanishlar bo‘ladigan ko‘rinadi. Project Scarlett ishchi nomiga ega Xbox'ning eng so‘nggi versiyasi 2020-yil Rojdestvo bayramiga yaqin taqdim qilinishi rejalangan.

Sony'ning Interaktiv o‘yin-kulgu bo‘limi prezidenti Djim Rayan (Jim Ryan) PlayStation veb-saytidagi blog postida yozishicha, kompaniya kontroler vositasida geymerning "o‘yin o‘ynayotganda o‘yinning ichiga "kirib ketish" hissini kuchaytirish"ni xohlaydi. "Hattoki [ўйин ўйнаётганда] maysali yuza yoki loyli maydon bo‘ylab yugurib ketayotganingizda ham turli teksturalarni his qila olasiz", deya qo‘shimcha qiladi Rayan.

Ayni damda yangi konsolning biror bir rasmi ham, u bilan birga yana qanday o‘yinlar taqdim qilinishi haqida ma’lumot ham yo‘q. Lekin janob Rayanning aytishicha, Sony yaqin oylar ichida yangi qurilma haqidagi ma’lumotlarni ma’lum qiladi.

PlayStation 5 geymerlar an’anaviy o‘yin konsollaridan qochib, boshqa turli qurilmalar, ayniqsa, mobil telefonlar vositasida onlayn striming o‘yinlarini o‘ynayotgan bir paytda chiqarilayotgani ahamiyatlidir. Yana bir muhim jihat shuki, Google va Apple ham PlayStation'ning Now deb nomlanuvchi onlayn o‘yin servisiga mos raqib bo‘lgan a’zolik xizmatini ishlab chiqargan.

O‘QING: Geymerlarning sevimli qurilmasi: PlayStation 4 tavsifi bilan tanishing!

Saytimiz xabarlarini Odnoklassnikidagi sahifamizda kuzatib boring!