PlayStation 5 va yangi geympadni ilk bor «jonli» rasmda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1333
  •  02.12.2019 11:48

PlayStation 5 va yangi geympadni ilk bor «jonli» rasmda ko‘ramiz!

Yaponiyalik kompaniya o‘zining navbatdagi – PlayStation 5 o‘yin pristavkasini e’lon qilganidan beri uning ko‘rinishi va xususiyatlari haqida ma’lumotlar asta-sekin tarqalmoqda. Terabayt.uz’da uning render videosi ham e’lon qilingan.

O‘QING: PlayStation 4 savdosi 100 milliondan oshib, hali taqdim etilmagan PlayStation 5 ham sotuvga chiqdi!

Biroq mazkur konsolning haqiqiy – «jonli» surati haligacha keng ommaga ko‘rsatilmay kelayotgan edi. kuni kecha birinchi bor The Drunk Cat™ nikli foydalanuvchi Twitter tarmog‘ida shunday rasmni e’lon qildi.

Suratda dasturchilar uchun chiqarilgan PlayStation 5 pristavkasining ikkita jamlanmasi aks ettirilgan.

Guvohi bo‘layotganingizdek, qurilmalarning dizayni Sony patentlarida aks etgan tasvirlarni aynan takrorlaydi. Biroq bunday qiyofali PS5 faqat dasturchilar uchun chiqarilgan. Oddiy xaridorlar uchun esa pristavkaning boshqacharoq ko‘rinishli versiyasini taqdim etishadi.

Shuningdek, yuqoridagi rasmda yangi geympad ham aks etganini ko‘ramiz va u o‘zining «ajdod»idan uncha farq qilmaydi. Asosiy o‘zgachaligi – DualShock 4 modelida nisbatan eski microUSB porti bo‘lsa, bunisida yangi – USB Type-C porti qo‘llangan.

PlayStation 5 hali kelasi yilning oxirlarida savdoga chiqarilishini Sony rasman tasdiqlagan. Ungacha esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan turli o‘yin pristavkalarini 2 870 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: «Terminator»dagi robotning bosh suyagi qo‘shilgan Xbox One X chiqdi, uni siz ham tekinga olishingiz mumkin!