PlayStation 5’ga tushmaydigan PS 4 o‘yinlarini Sony rasman e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  967
  •  10.10.2020 14:44

PlayStation 5’ga tushmaydigan PS 4 o‘yinlarini Sony rasman e’lon qildi

Sony korporatsiyasi PlayStation 5 o‘yin pristavkasini hamda uning «raqamli versiyasi» – PlayStation 5 Digital Edition modelining narxlarini e’lon qilgan. Ularning sotuvga chiqish vaqti, narxlari va eksklyuziv o‘yinlari ro‘yxati ham ma’lum.

O‘QING: PlayStation 5 haqida bilishingiz kerak bo‘lgan 23 fakt (Sony rasmiy videosi)

Kompaniya endi ko‘pchilikni qiziqtiruvchi savolga rasman javob berdi – PlayStation 4 modellariga chiqqan o‘yinlardan qaysilari yangi avlod konsoliga mos kelmasligini aytdi. Shuningdek, oldingi avlod pristavkalariga taqdim etilgan o‘yinlarning ayrimlarini PlayStation 5’da ham o‘ynash mumkin, ammo ularning ishida kutilmagan xatoliklar uchrab qolishi ehtimoli mavjud, deydi Sony.

Shunday qilib, oldingi avlod konsollari uchun chiqarilgan quyidagi o‘yinlarni PlayStation 5’da umuman o‘ynab bo‘lmaydi:

  1. DWVR
  2. Afro Samurai 2 Revenge of Kuma Volume One
  3. TT Isle of Man - Ride on the Edge 2
  4. Just Deal With It!
  5. Shadow Complex Remastered
  6. Robinson: The Journey
  7. We Sing
  8. Hitman Go: Definitive Edition
  9. Shadwen
  10. Joe's Diner

Shunga qaramasdan, PlayStation 4 kutubxonasida to‘rt mingtadan ortiq o‘yin mavjud va yuqoridagi ro‘yxatga kirmaganlarini yangi avlod konsolida ham o‘ynash mumkin, deydi yapon kompaniyasi.

O‘QING: Eng zo‘r o‘yinlarning o‘nta reytingi: bunga qo‘shilmaslik qiyin!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.