PlayStation Classic kutilmaganda butun dunyoda 40 foizgacha arzonlashdi!

  •   DiMaX
  •  2749
  •  27.12.2018 11:12

PlayStation Classic kutilmaganda butun dunyoda 40 foizgacha arzonlashdi!

Sony kompaniyasi bundan 25 yil avval taqdim etilgan original PS 1’ning qayta ishlangan versiyasi – PlayStation Classic konsolini taqdim etgani haqida yozganmiz. O‘lchami originaliga nisbatan 45 foizga ixchamlashgan ushbu pristavka joriy oyning boshida savdoga chiqarilgan.

O‘QING: 25 yillik nostalgiya: Sony qayta chiqarilgan PlayStation Classic’ni 100 dollardan sota boshladi!

Hali sotuvga qo‘yilganiga bir oy ham bo‘lmasidan, PlayStation Classic kutilmaganda butun dunyo bo‘ylab rasmiy savdo nuqtalarida arzonlashtirildi. Jumladan, Rossiyada u dastlab 8999 rubldan sotila boshlagan bo‘lsa, hozirda M.Video, «1S-Interes», DNS va «Eldorado» kabi do‘konlarda endi uni chegirma bilan – 5490 rublga olish mumkin. AQShdagi riteylerlarda ham uning narxi 100 dollardan 60 dollargacha tushgan. Kanada va Avstraliyadagi do‘konlarda ham shunday holat kuzatilmoqda.

Aytish kerakki, PlayStation Classic mini-konsolining apparat ta’minoti asosida arzon MediaTek MT8167A protsessori yotadi. Pristavka 1 gigabayt hajmli DDR3-1866 turidagi tezkor xotiraga hamda Samsung tomonidan ishlab chiqilgan eMMC 5.1 turidagi 16 gigabaytlik flesh-xotiraga ega.

Sony mazkur konsolni jamlanmasida ikkita original joystik hamda 20 ta oldindan o‘rnatilgan o‘yin bilan taqdim etgan. Unga qo‘shimcha o‘yin o‘rnatib bo‘lmas edi, ammo...

O‘QING: Xakerlar PlayStation Classic himoyasini buzishdi, endi unga har qanday o‘yinni yuklash mumkin! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!