PlayStation orqali narkotiklar savdosini tashkil etgan geymer qo‘lga olindi

  •   DiMaX
  •  597
  •  05.12.2019 08:44

PlayStation orqali narkotiklar savdosini tashkil etgan geymer qo‘lga olindi

AQSh Federal qidiruv byurosi ma’lum qilishicha, PlayStation 4 konsoli egalaridan biri uning onlayn-servislaridan giyohvandlik moddalarini sotish uchun foydalangan. Byuro mazkur geymer haqida batafsil ma’lumot olish uchun allaqachon Sony kompaniyasiga so‘rov yuborgan.

O‘QING: Apple Store’ga salkam bir kilogramm narkotik modda yetkazib berishdi!

PlayStation tarmog‘ida Speedola20 niki bilan faoliyat olib boradigan gumonlanuvchining ismi – Kertis Aleksandr. Uning narkotik sotishi haqida FQBga xabar bergan informatorga ko‘ra, Kertis naq 34 ming dollarlik giyohvandlik moddalari savdosini tashkil etgan.

Giyohfurush PlayStation o‘yin konsolining ovozli chati orqali potensial mijozlar bilan gaplashar va shaxsan uchrashib oldi-sotdi qilar ekan. Noqonuniy faoliyatini u «o‘yinni muhokama qilish» niqobi ostida olib borgan.

Federal qidiruv byurosi shu sababli Speedola20 o‘ynagan o‘yinlar ro‘yxatini so‘rab Sony’ga murojat etgan. Yapon kompaniyasi unga qanday javob bergani, o‘z mijozining shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etgan-etmagani hozircha noma’lum.

O‘QING: Mashhur narkobaronning akasi eng arzon buklamafon taqdim etdi va Apple’ni yakson qilishga so‘z berdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!