«PLUS» to‘plamlari: qo‘shimcha daqiqalar, megabaytlar va SMS’lar oling!

  •   DiMaX
  •  941
  •  09.06.2021 14:48

«PLUS» to‘plamlari: qo‘shimcha daqiqalar, megabaytlar va SMS’lar oling!

Beeline aloqa operatorining «OSON 10» tarifida MB, daqiqa va SMS’lar atigi 10 so‘mdan narxlanadi. Shuningdek, kuni kecha u bir megabayti atigi 1 so‘m 47 tiyinlik yangi internet-to‘plamni ham chiqargan.

O‘QING: 24/7 onlayn bo‘lishni istaganlar uchun ajoyib yangilik!

Mazkur kompaniya endi qo‘shimcha daqiqalar, megabaytlar va SMS’lar taqdim etuvchi «PLUS 7» hamda «PLUS 14» to‘plamlarini joriy etdi. Abonent o‘z tarif rejasi bo‘yicha limitlar tugaganida ulardan foydalanishi mumkin.

«PLUS 7» paketining narxi 4900 so‘m bo‘lib, uning doirasida 7 kunlik muddatga ega bo‘lgan 300 megabayt, O‘zbekiston bo‘yicha 300 daqiqa va SMS’ni o‘z ichiga oladi. Uning shartlari bilan batafsil tanishish uchun ushbu havola orqali kompaniya saytiga o‘ting.

«PLUS 14» to‘plami esa, nomiga yarasha 14 kunlik muddatda amal qiluvchi qo‘shimcha limitlarga ega. Shuningdek, unda taqdim etiluvchi megabaytlar, O‘zbekiston bo‘yicha daqiqalar va SMS’lar soni ham ko‘p – har biri mingtadan. Mazkur paketning taqdim etilish shartlarini batafsil ko‘rib chiqish uchun mana bu havola yordamida o‘ting.

O‘QING: «Juma Muborak»: operatordan har hafta yangi bonus, aksiya va noyob chegirmalar!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.