pm.gov.uz’ga murojaat qilishda erkaklarmi yoki ayollar faol ekani aytildi

pm.gov.uz’ga murojaat qilishda erkaklarmi yoki ayollar faol ekani aytildi

2016 yilning 25 sentyabrida ishga tushirilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining pm.gov.uz manzilidagi virtual qabulxonasi dekabr oyining so‘nggiga kelib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virutal qabulxonasiga aylantirilgan edi.

Davlat idorasida bitmagan ko‘plab shikoyatlarning hal etilishi, mamlakat miqyosida ming-minglab fuqarolar haq-huquqlarining ta’minlanayotgani ulkan ijtimoiy o‘zgarishlarga xizmat qilmoqda.

2017 yilning 5 may holatiga ko‘ra, fuqarolar tomonidan 753,169 ta murojaat yo‘llangan bo‘lib, bulardan 684,011 mingtasi, ya’ni 90 foizi qayta ishlangan, fuqarolarga tegishli javoblar berilgan, masalalar hal qilingan.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ma’lum qilishicha, bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ayollarning jamiyatdagi o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar nisbatida ham ayollarning murojaat yo‘llashi erkaklarga qaraganda 12 foizga yuqori ekan.

Virtual qabulxonaning yanvarda taqdim etgan ma’lumotlariga ko‘ra, murojaatlarning chorak qismi Toshkent shahri aholisi tomonidan yuborilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!