Poco brendi ostidagi 185 dollarlik 5G-smartfon tayyor!

  •   DiMaX
  •  794
  •  06.05.2021 09:24

Poco brendi ostidagi 185 dollarlik 5G-smartfon tayyor!

Xiaomi korporatsiyasining 2020 yilning 24 noyabrida quvvati 5 kunga yetuvchi nostandart smartfon – Poco M3 modelini taqdim etgan edi. O‘shandan beri u to joriy yilning mart oyigacha dunyo bo‘yicha eng ommabop telefonlar reytinglaridan joy olib kelgan.

O‘QING: Poco M3'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishing

Poco brendi endi uning beshinchi avlod uyali aloqa standartini qo‘llovchi Pro-versiyasini tayyorladi. Ya’ni, yaqindagina Poco M3 Pro 5G smartfoni BIS sertifikatsiyasidan o‘tdi – bu esa uning namoyishi yaqin ekanini anglatadi.

Sertifikatsiya hujjatlarining ko‘rsatishicha, Poco M3 Pro 5G smartfoni 6,5 dyuymlik ekranga ega bo‘lib, FHD+ formatida tasvir uzata oladi. Kadr yangilanish chastotasi 90 gerslik bo‘lgan displeyda 8 megapiksellik selfi-kamera uchun tirqish mavjud.

O‘QING: Eski flagman yaxshimi yoki yangi o‘rta toifadagi smartfon?

Manbalarning ta’kidlashicha, u avvalroq global bozorga taqdim etilgan Redmi Note 10 5G modelining Hindiston uchun qayta nomlangan versiyasi bo‘lishi ham mumkin.

Poco M3 Pro 5G modelining «elektron yuragi» sifatida MediaTek Dimensity 700 protsessori tanlangan. Uning akkumulyatori 5000 mA/soatlik bo‘lib, 18 vattlik tezkor quvvatlana oladi.

Taxminlarga ko‘ra, mazkur smartfon 185 AQSh dollariga teng narxda bozorga chiqariladi.

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 10'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!