Poco F3 GT smartfoni taqdim etildi

Poco F3 GT smartfoni taqdim etildi

Poco sub-brendi Redmi K40 Gaming Edition smartfoniga o‘xshash F3 GT smartfonini taqdim etdi. Yangi smartfon ko‘rinish va o‘lchamlari jihatidan K40 Gaming Edition smartfon bilan deyarli bir xil.

O‘QING: MIUI 13'ga o‘tadigan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxati e’lon qilindi

Poco F3 GT smartfoniga 6.67 dyuymli AMOLED displeyi o‘rnatilgan bo‘lib, displey 120Hz ekran yangilanish chastotasi hamda FullHD rezolyutsiyaga ega. Displeyning yuqori qismi o‘rtasida aylanasimon tirqish bo‘lib, unda selfi kamera joylashgan. Qurilmani ikkala tomondan Gorilla Glass 5 shishasi himoyalab turadi. Poco F3 GT'ning o‘ng tomon romida sizib chiquvchi moddiy triggerlar joylashgan.

Smartfoning barqaror ishlashiga MediaTek Dimensity 1200 chipi javob beradi. Qurilmaning 6/8GB tezkor xotira, 128/256GB doimiy xotiraga ega turlari mavjud.

Poco F3 GT smartfonida Game Turbo funksiyasi bo‘lib, ushbu funksiya o‘yin vaqtida turli xil sozlanmalarni bajarishga imkon beradi.

Qurilmaning kameralar modulida 64MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera, 2MP makro kamera joylashgan. Akkumulyator hajmi 5,065 mAs bo‘lib, uni 67 vattda quvvatlash mumkin. Poco F3 GT Android 11 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 12.5 grafik qobig‘ida ishlaydi.

Smartfoning Black hamda Silver rangli turlari mavjud. Smartfonga oldindan buyurmalar 24 iyuldan boshlansa, 26 iyuldan esa smartfonni do‘kon rastalaridan sotib olish mumkin.

Smartfon savdosida Poco biroz noodatiy bo‘lgan teskari narxlash strategiyasidan foydalanadi. Birinchi haftada 6/128GB xotira turiga ega bo‘lgan Poco F3 GT 350 dollardan sotiladi. Ikkinchi haftada esa smartfon narxi 355 dollarga oshadi. Keyinchalik esa smartfon o‘zining asl narxida ya’ni, 362 dollardan sotiladi.

Smartfonning 8/128GB xotira hajmiga ega bo‘lgan turi dastlab 367 dollardan sotila boshlasa, keyinchalik uning narxi 390 dollarga oshadi. 8/256GB turi esa dastlab 402 dollardan sotila boshlaydi, keyinchalik uning ham narxi oshib, 416 dollardan sotiladi.

O‘QING: Android 12 tizimiga yangilanuvchi va undan mahrum Xiaomi, Redmi, POCO hamda Black Shark smartfonlari beshta ro‘yxatda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!