Poco F3 GT smartfonining xususiyatlari va taqdimot sanasi e’lon qilindi

Poco F3 GT smartfonining xususiyatlari va taqdimot sanasi e’lon qilindi

Hindistonning Flipkart do‘koni yangi Poco brendli smartfon — Poco F3 GT'ning taqdimot sanasi va asosiy xususiyatlarini oshkor qildi.

O‘QING: Android 12 tizimiga yangilanuvchi va undan mahrum Xiaomi, Redmi, POCO hamda Black Shark smartfonlari beshta ro‘yxatda

Yangi qurilma rasmiy ravishda kelasi hafta 23 iyul kuni taqdim etiladi va texnik xususiyatlari Redmi K40 game Enhanced Edition'nikiga mos keladi, chunki Poco F3 GT uning klonidir.

Poco F3 GT 6,67 dyuymli, Full HD+ 120Hz chastotali AMOLED ekrani, MediaTek Demensity 1200 bitta chipli tizimi, alyuminiy rom va qo‘shimcha magnit kalitlari, Dolby Atmos va stereo karnaylar, Android 11 bazasidagi MIUI 12.5 interfeysi va 5,065 mAs sig‘imli akkumulyator va 64MP, 8MP va 2MP sensorlarga ega uch kameraga ega bo‘ladi. Poco F3 GT ikki qora va kulrang ranglarda sotiladi.

O‘QING: Shu yiliyoq chiqadigan 13 xil yangi Xiaomi smartfoni, ayrimlarining xususiyatlari ham fosh bo‘ldi