Xiaomi Poco F3'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xiaomi Poco F3'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Pocophone brendi, asosan, hamyonbop bo‘lgan smartfonlarni ishlab chiqaradi. Bugungi qahramonimiz Poco F3 ham flagman darajadagi hamyonbop smartfon hisoblanadi. Ko‘pincha bunday devayslarni flagmanlar qotili deb atashadi.

O‘QING: Xiaomi, Redmi, Poco hamda Black Shark smartfonlari egalariga xushxabar!

Poco F3 korpusi ikki tomondan shisha bilan o‘ralgan. Qurilma romlari esa alyuminiydan ishlangan. Poco F3'ga 6.67 dyuymli 120Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi AMOLED displeyi, Snapdragon 870 5G chipi, Dolby Atmos funksiyasiga ega bo‘lgan stereo karnay va uchta kamera o‘rnatilgan. Shuningdek, smartfon katta sig‘imli akkumulyator va tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega. 

Poco F3'ning kameralari qurilmaning narxi hamyonbop ekanligini ko‘rsatib turadi. Orqa kamera panelida 48MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng, 5MP avtofokus funksiyasiga ega bo‘lgan makro kamera joylashgan. Qurilma selfi kamerasi 20MPni tashkil qiladi. Albatta, kameradan smartfon flagman emasligini bilish mumkin.

Poco F3 Snapdragon 870 chipi bilan jihozlangan birinchi smartfon bo‘ldi. Ushbu chip o‘tgan yilgi Snapdragon 865 chipiga qaraganda 10 foizga tezroq ishlaydi.

Agar Poco F3'ni oldingi avlod F2 Pro bilan taqqoslasak, F3'ni o‘ta takomillashgan deya olmaymiz. Poco F3'ning takomillashgan qismlari sifatida 120Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi AMOLED displeyi va stereo karnayni ko‘rsatishimiz mumkin. Biroq F2 Pro F3'ga qaraganda yuqori rezolyutsiyali asosiy va ultrakeng kameralarga ega. F3'ning eng muhim jihati: u deyarli Poco F2 lineykasidan ikki baravar arzon narxda sotila boshlagan.

Albatta, narxi yuqori bo‘lmasa-da, qurilmaning texnik jihatlari havas qilarli darajada.

Xiaomi Poco F3'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 163.7x76.4x7.8 mm, 196 g; old shisha (Gorilla Glass 5), orqa panel shisha (Gorilla Glass 5), alyuminiy rom.

> Displey: 6.67 dyuymli AMOLED displeyi, 120Hz ekran yangilanish chastotasi, HDR10+, 1300 nit yorqinlik, 1080x2400p rezolyutsiya, 395ppi zichlik.

> Chipset: Qualcomm SM8250-AC Snapdragon 870 5G (7 nm): sakkiz yadroli (1x3.2 GHz Kryo 585 & 3x2.42 GHz Kryo 585 & 4x1.80 GHz Kryo 585); Adreno 650.

> Xotira: 6/128GB, 8/256GB; UFS 3.1

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, MIUI 12  (POCO talqini).

> Kamera: Asosiy: 48MP, f/1.8, 25mm, 0.8µm, PDAF; ultrakeng: 8MP, f/2.2, 15mm, 119°; makro: 5MP, f/2.4, 49mm, 1.12µm, AF.

> Selfi kamera: 20MP, f/2.5, 0.8µm.

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30/60/120/240/960 kadr/sek., gyro-EIS; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek., 720p@120 kadr/sek..

> Akkumulyator: 4,520 mAs; 33 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati, 100% 52 daqiqada (reklamaga ko‘ra), Quick Charge 3+.

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); Stereo karnay; NFC; infraqizil port.

Poco F3 smartfonida stereo karnay va tezkor quvvatlanish imkoniyati mavjud ekanligi quvonarli holat. Biroq qurilmadan microSD sloti va 3.5 mm audio jek olib tashlanganligini tushunish qiyin.

Qadoq tarkibi

Smartfon sariq Poco yozuvli katta qora qutida keladi. Qutidan 33 vattlik quvvatlash adapteri, USB-A ga USB-C kabeli, shaffof silikon g‘ilof o‘rin olgan. Shuningdek, 3.5 mm audio jek yo‘qligi sabab, qutida maxsus 3.5 mm ga USB-C adapter mavjud. Bundan tashqari, qutida bir necha Poco yozuvli stikerlar ham bor.

O‘QING: Xiaomi Redmi 9T'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!