Poco F4 GT'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Poco F4 GT'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Yuqori unumdorlikni o‘zida mujassamlashtirgan Poco F3 GT smartfoni shu yerda. Qurilmaning eng so‘nggi Snapdragon chipi va tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega ekani uning kuchli tomonlaridan biri. Bundan tashqari, o‘yin o‘ynash uchun qurilmaga maxsus triggerlar o‘rnatilgan. Ovoz balandlik darajasi ham ancha yuqori, chunki unda to‘rtta drayverli dinamik mavjud. 

Poco F4 GT modeli avvalroq Xitoy bozori uchun taqdim etilgan Redmi K50 Gaming smartfonining qayta brendlangan versiyasi hisoblanadi. Biroq Poco modeliga yangi funksiyalar qo‘shilganini aytib o‘tish zarur. 

Snapdragon 8 Gen1 chipi o‘yinlar uchun ayni muddao. Shuningdek, chipga takomillashgan sovutish tizimi yordam beradi. Agar Red Magic hamda Black Shark smartfonlari kabi F4 GT'da ham parrakli sovutish tizimi bo‘lganda juda yaxshi bo‘lar edi.  

Qurilma 120 vattda quvvat oladi. Qutidan 120 vattlik quvvatlash adapteri o‘rin olgan. Ushbu quvvatlagich bilan smartfon to‘liq quvvatlanish uchun atigi 17 daqiqa vaqt sarflaydi. Orqa paneldan 64MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera va 2MP makro kamera o‘rin olgan. 

Poco F4 GT'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 162.5x76.7x8.5mm, 210g; old panel shisha (Gorilla Glass Victus), orqa panel shisha, alyuminiy rom; magnetli sizib chiquvchi triggerlar. 

> Displey: 6.67 dyuymli OLED, 120 gerts, HDR10+, 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 395ppi zichlik. 

> Chipset: Qualcomm SM8450 Snapdragon 8 Gen 1 (4 nm): Sakkiz yadroli (1x3.00 GHz Cortex-X2 & 3x2.50 GHz Cortex-A710 & 4x1.80 GHz Cortex-A510); Adreno 730. 

> Xotira: 8/128GB, 12/128GB, 12/256GB; UFS 3.1. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, MIUI 13. 

> Kamera: Asosiy kamera: 64MP, f/1.9, 26mm, 1/1.7“, 0.8µm, PDAF; Ultrakeng kamera: 8MP, f/2.2, 120˚; Makro kamera: 2 MP, f/2.4. 

> Selfi kamera: 20 MP. 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30/60 kadr/sek, 1080p@30/60/120 kadr/sek, 720p@960 kadr/sek, HDR; Selfi kamera: 1080p@30/60 kadr/sek, 720p@120 kadr/sek, HDR. 

> Akkumulyator: 4,700mAs; 120 vatt quvvatlash texnologiyasi, Power Delivery 3.0, Quick Charge 3+. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); NFC; infraqizil port. 

Qadoq tarkibi 

Poco F4 GT qora va sariq rangli qutida keladi. Qutidan L-shaklidagi USB-C kabeli, 120 vattlik quvvatlash adapteri, 3.5 mm audio jek uchun ulagich va shaffof silikon g‘ilof o‘rin olgan. 

Foto: GSMArena 

L-shaklidagi USB-C kabeli smartfon quvvatlanyotganda vaqtda foydalnuvchiga o‘yin o‘ynashga halaqit bermaydi. 

O‘QING: Redmi Note 11S'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!