Poco F4 va X4 GT smartfonlari chiqmoqda

Poco F4 va X4 GT smartfonlari chiqmoqda

Poco kompaniyasi kelasi haftada aniqrog‘i 23 iyun kuni o‘zining F4 va X4 GT smartfonlarini taqdim etadi. Mish-mishlarga qaraganda ikki qurilma ko‘p jihatdan 2022 yilda taqdim etilgan Redmi modellariga o‘xshaydi. WinFuture insayderi esa ikki qurilmaning texnik ko‘rsatkichlari va qancha narxda sotuvga chiqishi haqida ma’lumot bermoqda. 

Poco F4 modeli Redmi K40S smartfonining global versiyasi bo‘ladi. Kompaniya allaqachon F4 modeli Snapdragon 870 chipi hamda 12GB gacha bo‘lgan tezkor xotira bilan jihozlanishini tasdiqlagan. 

Qurilmaning jonli suratlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, uning asosiy kamerasi 64 megapikselga oshadi (Redmi K40S modelida 48MP). Smartfonga 120 gerts chastotada ishlovchi FHD+ rezolyutsiyadagi 6.67 dyuymli AMOLED displeyi o‘rnatiladi.

Displeyning maksimal yorqinlik darajasi 1300 nit bo‘lib, uni Gorilla Glass 5 shishasi himoyalab turadi. Smartfon 67 vattda quvvat oluvchi 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. 

Poco X4 GT esa Redmi Note 11T Pro modelining qayta brendlangan versiyasi bo‘lad. Demak, ushbu smartfon Dimensity 8100 chipi, 144 gerts chastotada ishlovchi 6.6 dyuymli LCD displeyi va 67 vattda quvvat oluvchi 5,080 mAs sig‘imli akkumulyatorha ega bo‘ladi. 

Ikkala qurilma ham Android 12 operatsion tizimiga asoslangan eng so‘nggi Poco UI grafik qobig‘ida ishlaydi. Shuningdek, ular 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi, ikkita SIM-kartani qabul qiladi. Ammo xotirani microSD kartasi bilan kengaytirib bo‘lmaydi. 

Ikki smartfonning taxminiy narxi 400-430 yevrolar atrofida bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, Poco avvalroq Snapdragon 8 Gen1 va 120 vattda quvvat oluvchi F4 GT modelini 550 yevro narxda sotuvga chiqargan edi.

O‘QING: Galaxy Xcover 6 Pro taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!