Poco M2 ham taqdim etildi – brendning eng arzon smartfoni!

  •   DiMaX
  •  2328
  •  09.09.2020 12:05

Poco M2 ham taqdim etildi – brendning eng arzon smartfoni!

Kuni kecha Xiaomi korporatsiyasining Poco subbrendi o‘rta narx toifasiga mansub POCO X3 NFC smartfonini namoyish qilgan edi. Bundan tashqari, Hindistonda u yana bitta – Poco M2 modelining ham taqdimotini o‘tkazdi.

O‘QING: Eski modellardagi 14 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga barqaror MIUI 12 kela boshladi

POCO X3 NFC smartfoni butkul yangi model bo‘lsa, Poco M2 borasida Xiaomi yana eski usulini qo‘llabdi. Ya’ni, u shunchaki Redmi brendi iyunda namoyish qilgan arzon Redmi 9 qurilmasining kloni bo‘lib chiqdi. Boshqa brend ostida chiqqanini aytmasa, ularning o‘zaro farqlari juda kam: korpus ranglari boshqa, orqa qopqog‘i sal o‘zgacha, xotira konfiguratsiyalari ham boshqacha.

Shunday qilib, Poco M2 modeli diagonaliga 6,53 dyuymlik Full HD+ ekran hamda MediaTek Helio G80 protsessoriga ega. Uning bosh kamerasi 13 megapiksellik bo‘lsa, selfi uchun ekran kemtigida 8 MPlik datchik o‘rnatilgan. 5000 mA/soatlik akkumulyatori 18 vattlik tezkor quvvatlana oladi.

Ikkita SIM-karta va xotira kartasi uchun alohida-alohida slotlarga ega bo‘lgan Poco M2 qora, ko‘k va qizil korpuslarda taklif etiladi. Tezkor/ichki xotira konfiguratsiyasi va shunga ko‘ra narxi ikki xil: Hindistonda uning 6/64 gigabaytligi 150 dollar, 6/128 gigabaytligi esa 170 dollardan sotiladi. Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, bu – hozirda Poco brendining eng arzon smartfonidir.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlariga uzoq kutilgan funksiya kela boshladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!