Poco M2 Pro smartfoni ham tayyor – u qaysi modelning klon ekan?

  •   DiMaX
  •  910
  •  23.05.2020 15:01

Poco M2 Pro smartfoni ham tayyor – u qaysi modelning klon ekan?

Xiaomi korporatsiyasining Poco  subbrendi yaqinda Poco F2 Pro flagmanini taqdim etgan. Biroq u butkul original smartfon bo‘lmasdan, Xitoyda taqdim qilingan smartfon – Redmi K30 Pro modelining qayta nomlangan versiyasi bo‘lib chiqdi.

O‘QING: 67 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga chiqadigan MIUI 12 global taqdimotini «jonli» ko‘ramiz! (modellar ro‘yxati va havola)

Endi esa mazkur brendning yana bitta – M2003J6CI model raqamli qurilmasi Wi-Fi Alliance hamda Bluetooth SIG tashkilotlarida sertifikatsiyadan o‘tdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bozorga uni yaqin orada Poco M2 Pro modeli sifatida taqdim etishadi.

Poco M2 Pro qurilmasi Android 10 bazasida tayyorlangan MUI 11 proshivkasiga ega bo‘lib, Bluetooth 5.0 hamda ikki diapazonli Wi-Fi tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘QING: Hali chiqmagan Android 11’ni eski va arzon Redmi smartfoniga allaqachon o‘rnatish mumkin!

Lekin eng qizig‘i – Poco M2 Pro’ning model identifikatori (Declaration ID) boshqa – Redmi Note 9 Pro identifikatori bilan bir xil, yana boshlang‘ich kodlari ham aynan shunaqa. Insayderlarga ko‘ra, Poco M2 Pro texnik xususiyatlari ham ham uniki bilan bir xil: Qualcomm Snapdragon 720G protsessori, 6,67 dyuymlik displey, 5020 mA/soatlik akkumulyator, 16 MPlik old va to‘rt modulli (48+8+5+2 MP) bosh kameralar.

Aftidan, kutilayotgan smartfon shunchaki yuqoridagi modelning rebrending qilingan versiyasi bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz: Poco brendining oxirgi smartfonlari faqat shunaqa klonlar bo‘lib chiqyapti: fevralda namoyish etilgan arzon Poco X2 ham aslida Redmi K30 4G modelining nusxasidir.

O‘QING: Redmi Note 9 Pro Global taqdim etildi: Redmi Note 9 Pro Max’ning xalqaro versiyasi, lekin farqlari bor (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!