Poco M2 Reloaded chiqdi: brendning eng arzon smartfoni yanada arzon versiyada!

  •   DiMaX
  •  865
  •  21.04.2021 16:33

Poco M2 Reloaded chiqdi: brendning eng arzon smartfoni yanada arzon versiyada!

Xiaomi korporatsiyasi bultur sentyabrda Poco M2 modelining taqdimotini o‘tkazgan. Aslida u shunchaki Redmi brendi iyunda namoyish qilgan arzon Redmi 9 qurilmasining kloni bo‘lsa-da, Poco subbrendining eng arzon smartfonidir.

O‘QING: Xiaomi, Redmi, Poco hamda Black Shark smartfonlari egalariga xushxabar!

Kompaniya bugun – 2021 yilning 21 aprelida ushbu smartfonning yangi talqini – Poco M2 Reloaded modelini namoyish qildi. Xo‘sh, uning oddiy Poco M2 telefonidan farqi nimada?

Bir so‘z bilan aytganda, uning yaona farqi – tezkor va doimiy xotirasining kamaytirilganidir: Poco M2 Reloaded versiyasi 4/64 gigabaytlik konfiguratsiyaga ega. Tabiyki, shunga yarasha u yanada arzon – 9500 rupiy bo‘lib, bu taxminan 126 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

Oddiy talqindagi Poco M2 modelining xotira konfiguratsiyalari va narxlari, shuningdek, Reloaded versiyasiniki bilan bir xil bo‘lgan texnik xususiyatlari haqida mana bu xabarimizda batafsil yozilgan.

O‘QING: Narxi tezda tushib ketmaydigan sakkizta smartfon (2021 yil, aprel)