Poco M3 Pro 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Poco M3 Pro 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Poco M3 Pro 5G — byudjet toifa narx evaziga 5G aloqasini taqdim etuvchi qurilmalardan biri. Biroq smartfonning yagona jozibador tomoni yangi avlod tezkor internet aloqasigina emas.

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 10 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Yangi Poco M3 Pro 5G modeli hamyonbop smartfon uchun boy funksiyalar jamlanmasiga ega. Shular jumlasiga 6,5" 90Hz LCD ekran, 4/6GB operativ xotirali Dimensity 700 chipseti, asosiy kamerasi 48MP bo‘lgan uchta kamerali modul va 18 vattda quvvatlanuvchi 5,000 mAs akkumulyator kiradi. Smartfon Android 11 bazasidagi MIUI 12 interfeysida ishlaydi.

Aloqa borasidagi opsiyalar ham talaygina. Mobil tarmoqlar borasida 5G va undan oldingi avlod ulanishlari mavjud. NFC ham qo‘llab-quvvatlanadi. Xohlasangiz, FM radiodan foydalanishingiz, 3.5 mm audio jek orqali musiqa tinglashingiz ham mumkin. Poco M3 Pro 5G'ga infraqizil blaster ham o‘rnatilgan bo‘lib, uning yordamida smartfonni universal pultga aylantirsa bo‘ladi. Bluetooth 5.1 va qo‘sh palosali Wi-Fi ham bor.

Bularning barchasi sizga tanishdek tuyulayotgan bo‘lishi mumkin. Sababi Poco M3 Pro 5G orqa panelni inobatga olmaganda Redmi Note 10 5G bilan deyarli bir xil. Redmi'ning orqa paneli plastikdan ishlangan jilovlanmas («matoviy») sayqalli bo‘lib, kichik kamera oroliga ega. Poco'da esa panel shishasimon jilovdor tusli va kameralar qora rangli katta blok ichidan o‘rin olgan. Ikkala smartfonning farqi mana shunda.

Poco M3 Pro 5G quyi toifadagi anchagina maqbul taklif bo‘lib, uning yana bir jozibador tomoni Redmi Note 10 5G'dan arzonroq ekanligidadir. Keling, endi texnik jihatlar bilan tanishamiz.

Xiaomi Poco M3 Pro 5G'ning texnik jihatlari:

> Displey: 6.50" IPS LCD, 90Hz, 400 nit (odatiy), 500 nit (HBM), 1080x2400p rezolyusiya, 20:9 forma faktori, 405ppi zichlik.

> Chipset: MediaTek MT6833 Dimensity 700 5G (7 nm): sakkiz yadroli (2x2.2 GHz Cortex-A76 & 6x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G57 MC2

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 48 MP, f/1.8, 26 mm, 1/2.0", 0.8µm, PDAF; •Makro: 2 MP, f/2.4; •Sath: 2 MP, f/2.4.

> Old kamera: 8 MP, f/2.0, (keng).

> Video yozuv: •Orqa kamera: 1080p@30 kadr/sek.; •Old kamera: 1080p@30 kadr/sek.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (yon tomonda); FM radio; infraqizil port; 3.5 mm audio jek.

> Narxi: 179 dollar.

Yuqoridagi texnik jihatlar qatoriga nazar solib Poco M3 Pro 5G'da yana ikki jihat bo‘lishini xohladik. Smartfon suv sachrashidan ma’lum darajada himoyalangan bo‘lganida hamda Dimensity 800U platformasida ishlaganida nur ustiga a’lo nur bo‘lardi.

Qadoq tarkibi
Poco M3 Pro 5G kompaniyaning taniqli sariq rangdagi qutilarida sotiladi. Quti rangini ko‘rishingiz bilan ichkarida Pocophone borligiga ishonchingiz komil bo‘ladi. Qadoq tarkibidan smartfon, 22.5 vattlik quvvatlagich, USB-A ga USB-C kabeli, shaffof silikon g‘ilof hamda bir necha Poco stikerlari o‘rin egallagan. Bu stikerlarni xohlagan yeringizga — leptop, monitor, parta, muzlatkich va h.k. larga yopishtirib qo‘ysangiz bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi Black Shark 4'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz