Poco M3'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishing

Poco M3'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishing

iPhone, Galaxy, Redmi va boshqa smartfonlarni unuting. Qarshi oling: mavsumning eng qaynoq smartfoni — Poco M3.

Xiaomi'ga tegishli brend ishlab chiqargan ushbu smartfon haqida hamma gapiryapti va bu bekorga emas. Bestsellerga aylanish uchun smartfonda hamma narsa — chiroyli dizayn, yaxshi ekran, a’lo darajadagi akkumulyator, stereo karnay va maqtagulik kameralar jamlanmasi bor. Asosiysi, ushbu xususiyatlarning barchasiga hamyonbop narx evaziga ega bo‘lish mumkin!

Poco Xiaomi'ning mustaqil brendi hisoblanadi. Biroq Poco yaratgan hamma narsani Xiaomi ishlab chiqaradi, masalan, Poco smartfonlarining dasturiy ta’minoti va hatto quvvatlagichlari ham Xiaomi zavodlarida tayyorlanadi. Hozircha brendning mustaqilligi deganda aynan nima nazarda tutilishi aniq emas.

Asosiysi, Xiaomi'ga qarashlimi yoki yo‘qmi, bundan qat’i nazar, Poco M3 smartfoni xuddi boshqa Xiaomi smartfonlariga o‘xshash puliga yarasha qurilma hisoblanadi. Smartfonning bir qarashda ajralib turuvchi jihati uning noan’anaviy ko‘rinishidir. Qurilma qo‘lda ushlashga qulay charmsimon plastik korpus va POCO yozuvi tushirilgan ulkan kamera moduliga ega.

Poco M3 smartfonini atigi 150 dollar atrofida xarid qilishingiz mumkin. Ushbu narx toifasidagi smartfonlarning texnik jihatlari, odatda, o‘ta maqtarli darajada bo‘lmaydi, biroq Poco M3 bundan mustasno. Qurilma kichik kemtikli ulkan 1080p ekran, yaxshi chipset, barcha turdagi aloqa, stereo karnaylar, ulkan 6,000 mAs akkumulyatori va tezkor quvvatlanish xususiyatlarini o‘zida jamlagan.

Ha, aytgancha, tezkor quvvatlovchi zaryadchik qadoq ichiga solib qo‘yilganini aytish ham yodimizdan chiqmasin. Orqa paneldagi uchta kamerali modul arzon narx qurboniga aylangan yagona jihatdir. Poco'dagilar asosiy kamera sifatida 48MP linzadan foydalangan, ultrakeng kamera o‘ringa makro va sath kameralarini qo‘yishgan. 4K video yozish imkoniyati mavjud emas, faqat 1080p rezolyutsiya bor. Lekin smartfon narxini esdan chiqarmang! Aytish mumkinki, ushbu kamera setapi smartfon narxiga nisbatan anchayin maqtagulikdir.

O‘QING: Xiaomi Mi 10T Lite 5G'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishing

Qahramonimiz Android 10 asosiga qurilgan, Poco uchun maxsus ishlangan MIUI 12 qobiq dasturida ishlaydi. Bu proshivka standart MIUI 12'dan unchalik ham farq qilmaydi. Smartfon bir necha yil davomida dastur yangilanishlarini qabul qiladi.

Keling, endi, qurilmaning texnik jihatlari bilan ro‘yxat ko‘rinishida tanishib chiqamiz.

Xiaomi Poco M3'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 162.3x77.3x9.6 mm, 198 g; old tomonda shisha panel (Gorilla Glass 3), orqa panel plastikdan, rom plastikdan.

> Displey: 6.53" IPS LCD, 400 nit, 1080x2340 piksel rezolyutsiya, 19.5:9 forma faktori, 395 piksel/dyuym.

> Chipset: Qualcomm SM6115 Snapdragon 662 (11 nm): sakkiz yadroli: (4x2.0 GHz Kryo 260 Gold & 4x1.8 GHz Kryo 260 Silver); Adreno 610

> Xotira: 4/64GB, 4/128GB; UFS 2.1 – 4/64GB, UFS 2.2 – 4/128GB; microSDXC.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 10, MIUI 12.

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 48 MP, f/1.8, 1/2.0", 0.8µm, PDAF; •Makro: 2 MP, f/2.4; •Sath: 2 MP, f/2.4

> Old kamera: 8 MP, f/2.1, 1/4.0", 1.12µm.

> Video yozuv: •Orqa kamera: 1080p@30 kadr/sek.; •Old kamera: 1080p@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 6,000 mAs; 18 Vt tezkor quvvatlanish, teskari quvvatlash.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (yon tomonda), FM radio; infraqizil port; stereo karnaylar; 3.5 mm audio jek.

Yuqoridagi texnik jihatlar qatoriga faqat ultrakeng kamera va suvdan himoya yetishmayapti. Lekin yana eslatib o‘tamiz: gap funksiyalarga o‘ta boy, haqiqatan hamyonbop smartfon haqida ketyapti.

Qadoq tarkibi
Poco M3 sotib olsangiz, sotuvchi sizga to‘q sariq rangdagi qutini tutqazadi. Uning ichida esa ko‘pgina gadjetlar bor. Birinchi navbatda, smartfon, undan so‘ng USB kabeli, 22.5 Vt lik QC3 zaryadchigi, SIM karta chiqaruvchi to‘g‘nag‘ich, shaffof silikon g‘ilof va ekran protektori bor.

Shoshmang, bu hali hammasi emas! Qadoqning eng pastki bo‘lmasida uchta Poco brasletini topasiz. Ularning biri o‘rilgan, qolgan ikkitasi esa Poco brendining o‘ziga xos sariq va qora ranglari bilan bo‘ylagan.

O‘QING: Xiaomi Poco X3 NFC'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!