Poco M4 Pro 5G smartfoni chiqmoqda

Poco M4 Pro 5G smartfoni chiqmoqda

Xiaomi subbrendi bo‘lgan Poco shu yilning may oyida M3 Pro 5G smartfonini taqdim etgan edi. Endi kompaniya ushbu smartfonning yangi avlodi - Poco M4 Pro 5G qurilmasini taqdim etmoqchi. Bir necha kun oldin smartfon sertifikatlash jarayonidan o‘tdi.

Smartfonning model raqami 21091116AG bo‘lib, oxiridagi “G“ harfi bu qurilmaning global versiya ekanligini bildiradi.

Sertifikatlash jarayoni, shuningdek, qurilmaning 33 vatt quvvatlash texnologiyasiga ega ekanligini ko‘rsatdi. Avvalgi M3 Pro 5G'da bu ko‘rsatkich 18 vattni tashkil qilar edi.

Yangi qurilma MediaTek chipida ishlaydi. Afsuski, smartfonning boshqa texnik jihatlari haqida ma’lumot berilmagan.

O‘QING: 5000 mAs akkumulyator, 4/64GB xotira, 13MP kamera ega bo‘lgan Redmi 9i Sport smartfoni taqdim etildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!