Poco M4 Pro smartfonining renderlari e’lon qilindi

Poco M4 Pro smartfonining renderlari e’lon qilindi

Poco M4 Pro keyingi hafta seshanba kuni taqdmi etiladi. Qurilma Redmi Note 11 smartfonining qayta brendlangan versiyasi bo‘ladi. 

Smartfon 6.6 dyuymli LCD displeyiga ega bo‘lib, u 90Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmaning orqa panelida katta kamera moduli bo‘lib, unda katta “Poco“ yozuvi bo‘ladi. Kameralar xuddi Redmi Note 11'dagidek bo‘ladi, ya’ni Poco'ga ham 50MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kameralari o‘rnatiladi. 

Poco M4 Pro smartfoni Dimensity 810 chipi bilan jihozlanadi. U maksimal 8GB tezkor xotira hamda 256GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Qurilmada 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bo‘lib, uni 33 vattda quvvatlash mumkin. Shuningdek, smartfon Android 11 operatsion tizimga asoslangan MIUI 12.5 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

O‘QING: 55 dollarlik Redmi Watch 2 Xitoyda hit smart soatga aylandi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!