Poco o‘zining yangi smartfonini taqdim etdi

Poco o‘zining yangi smartfonini taqdim etdi

Poco C40 aslida bundan bir hafta keyin, aniqrog‘i, 16 iyunda e’lon qilinishi kerak edi. Biroq Poco'ning Vetnamdagi filiali kechaning o‘zida smartfonni taqdim etdi. 

Qurilma HD+ rezolyutsiyadagi 6.71 dyuymli displey, 13MP asosiy kamera va 18 vattdan quvvat oluvchi 6,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Qualcomm, MediaTek yoki Unisoc chiplari o‘rniga, Poco Shanxayda joylashgan yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqaruvchi JLW Technology kompaniyasining JR510 chipsetini tanladi. 

Sakkiz yadroli chip 12 nanometrli jarayon asosida yaratilgan bo‘lib, undagi to‘rtta yadro 2.0 gigagerts, qolgan to‘rttasi esa 1.5 gigagertsda ishlaydi. Uning unumdorlik darajasi Snapdragon 450 va Helio G35 chiplariniki bilan bir xil bo‘ladi. 

Qurilma qora, sariq va yashil ranglar va 4/64GB xotira versiyada taqdim etildi. Smartfon 17 iyundan sotuvga chiqadi. Uning narxi taxminan 150 dollarni tashkil qiladi. 

O‘QING: Nothing tez orada o‘zining birinchi smartfonini taqdim etadi