Poco X3 GT'ning taqdim etilish sanasi va ayrim texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Poco X3 GT'ning taqdim etilish sanasi va ayrim texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Poco sub-brendi 28 iyul kuni Dimensity 1100 SoC'da ishlovchi X3 GT smartfonini taqdim etadi. Kompaniya smartfonning 67 vatt Turbo Charging'ni qo‘llab-quvvatlashi haqida ma’lumot berdi.

O‘QING: Xiaomi Samsung'ni ortda qoldirib yetakchilikni qo‘lga oldi

Poco smartfonning to‘liq texnik jihatlari haqida ma’lumot bermadi. Biroq mish-mishlarga ko‘ra, yangi qurilma Redmi Note 10 Pro'ning qayta brendlangan versiyasi bo‘ladi.

Poco X3 GT 6.6 dyuymli FullHD+ 120Hz LCD displeyi, 5,000 mAs akkumulyator, yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneriga ega bo‘ladi. Qurilmaning selfi kamerasi 16MP ni tashkil qiladi. Orqa paneldagi kameralar moduli esa 64MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng, 2MP makro kameralardan iborat.

O‘QING: Poco F3 GT smartfonining xususiyatlari va taqdimot sanasi e’lon qilindi