Poco X3 GT'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Poco X3 GT'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Yaqinda POCO kompaniyasi ikkita GT smartfonini — Poco X3 GT va Poco F3 GT modellarini taqdim qildi. Qurilmalarning ikkisi turli mintaqalar uchun mo‘ljallangan — X3 O‘rta Sharq va Hindistondan tashqari boshqa Osiyo davlatlari uchun bo‘lsa, F3 modeli faqat Hindiston uchun chiqarilgan.

O‘QING: Poco M3 Pro 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Yangi GT qurilmalari hamyonbop narx evaziga tezkorlikni taqdim etib, qator qiziqarli jihatlarga ega. Bugun Poco X3 GT modeli bilan qisman tanishib chiqamiz.

Bir-biridan (qog‘ozda) mustaqil bo‘lgan POCO va Xiaomi kompaniyalari yana bir marta bizni chalkashtirishga harakat qilmoqda. Chunki Poco X3 GT butunlay yangicha smartfon emas. Ushbu model Xitoy uchun chiqarilgan Redmi Note 10 Pro qurilmasining ribrending qilingan versiyasi xolos. Ikkinchi GT — F3 GT ham Xitoy bozoriga chiqarilgan Redmi K40 Gaming Edition devaysining qayta ishlangan talqinidan boshqa narsa emas.

Qisqa qilib aytganda, ikkala GT ham yangi mahsulot emas. Biroq global bozor uchun taqdim qilingan smartfonlarning interfeysi o‘zgargan bo‘ladi.

Poco X3 GT 120Hz LCD displey, tezkor Dimensity 1100 5G chipi, uchta kamera va katta — 5,000 mAs sig‘imli, flagmanlar kabi 67 vattda quvvatlanuvchi akkumulyatorga ega.

Xiaomi Poco X3 GT'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 163.3x75.9x8.9 mm, 193 g; shishadan ishlangan old korpus (Gorilla Glass Victus), plastikli orqa korpus; IP53, chang va suv sachrashidan himoya.

> Displey: 6.60" IPS LCD, 120Hz, HDR10, 450 nit (o‘rtacha), 1080x2400p rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 399ppi zichlik.

> Chipset: MediaTek MT6891Z Dimensity 1100 5G (6 nm): sakkiz yadroli (4x2.6 GHz Cortex-A78 & 4x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G77 MC9

> Xotira: 8GB/128GB , 8GB/256GB; UFS 3.1.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, POCO uchun MIUI 12.5.

> Orqa kamera: • Keng (asosiy): 64 MP, f/1.8, 26 mm, 1/1.97", 0.7µm, PDAF; • Ultrakeng: 8 MP, f/2.2, 120˚, 1/4.0", 1.12µm; • Makro: 2 MP, f/2.4.

> Old kamera: 16 MP, f/2.5, (keng), 1/3.06", 1.0µm.

> Video yozuv: • Orqa kamera: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30/60/120 kadr/sek.; • Old kamera: 1080p@30 kadr/sek., 720p@120 kadr/sek., 960 kadr/sek.

> Akkumulyator: 5,000 mAs; 67 vattda tezkor quvvatlash, 42 daq. 100% (reklamaga ko‘ra), USB PowerDelivery 3.0.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (yon tomonda); infraqizil port; virtual yaqinlik sensori.

Poco X3 GT'ga yetishmayotgan qismlar microSD karta sloti va 3,5 mm lik audio jekdir.

Qadoq tarkibi
Poco X3 GT qora karton idishda sotilib, tarkibi ancha boy. Qadoq ichidan smartfondan tashqari 67 vattlik adapter, 6A nominalli USB-C kabeli o‘rin egallagan. Ayni kombinatsiya flagman Mi 11 Ultra qadog‘idan ham o‘rin olgan!

Yuqori toifa quvvatlagich bilan birga, shaffof silikon g‘ilof, USB-C ni 3,5 mm portga ulab beruvchi adapter va bir qancha POCO stikerlari ham bor.

O‘QING: Mi 11 Lite 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz