Poco X3 Pro'ning narxlari sizdirildi

Poco X3 Pro'ning narxlari sizdirildi

Bugun Xiaomi'ning subbrendi Poco 22-mart kuni taqdimot marosimi o‘tkazishini ma’lum qildi. Hozirgacha tarqalgan ko‘plab mish-mishlar va sizdirilgan ma’lumotlardan kelib chiqib bu Poco X3 Pro smartfoni ekanini taxmin qilish mumkin.

Nomidan ham ko‘rinib turganidek, ushbu qurilma Pro bo‘lmagan Poco X3'dan kuchliroq bo‘ladi.

Sizdirilgan narxlar aniq to‘g‘ri ekaniga kafolat yo‘q, biroq yevropalik riteylerlarga ko‘ra, 6GB tezkor, 128GB doimiy xotiraga ega Poco X3 Pro'ning narxi 269 yevrodan boshlanadi. Devaysning 8/256GB talqini 319 yevrodan boshlab sotuvga chiqadi. Qurilma Metal Bronze, Frost Blue va Phantom Black rangli korpusga ega bo‘ladi.

Poco X3 Pro Qualcomm'ning Snapdragon 860 chipi, to‘rt kamerali modul (48MP asosiy kamera), 5,000 mAs akkumulyator, 33 Vt lik tezkor quvvatlash va 120Hz FHD+ displeyga ega bo‘lishi aytilmoqda.

O‘QING: Global MIUI 12.5 proshivkasini 25 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga hoziroq yuklab olish mumkin!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!