Poco X4 GT va F4 smartfonlari taqdim etildi

Poco X4 GT va F4 smartfonlari taqdim etildi

Poco oilasi kecha yana ikkita smartfonga ko‘paydi. Ulardan biri asosan o‘yin o‘ynashga iqtisoslashgan, chunki u 144 gerts chastotali displey bilan jihozlandi.

Ikkinchisi esa Poco smartfonlari ichida birinchilardan bo‘lib optik stabilizatsiyaga ega bo‘lgan kamera bilan jihozlandi.

Poco X4 GT 

Odatda F-seriyasida Poco'ning ajoyib smartfonlari taqdim etiladi. Biroq X4 GT modeliga ham Dimensity 8100 chipi o‘rnatildi. Ushbu chipset 5 nanometrli jarayon asosida yaratilgan bo‘lib, yangi Mali-G610 MC6 grafik protsessori bilan jihozlangan. Chipning unumdorligi yuqori, buni ba’zi testlarda u Snapdragon 870 chipidan yaxshiroq natija qayd etganidan bilib olishimiz mumkin. 

144 gertsli displey bilan jihozlangan GT model o‘yin o‘ynash uchun ancha qulay. Bu Poco smartfonlari orasidagi eng tez chastotali smartfon. Shuningdek, displeyning sensorli namuna olish chastotasi 270 gertsni tashkil qiladi. 

Ushbu 1,080 x 2,460 rezolyutsiyadagi 6.6 dyuymli LCD displey bir milliard ranglar va Dolby Vision imkonlariga ega. Uning maksimal yorqinlik darajasi 650 nitga teng. Tashqi tomondan displeyni Gorilla Glass 5 shishasi himoyalab turadi. 

Chipsetga qaytadigan bo‘lsak, u maxsus sovutish qoplami bilan issiqlikni boshqarish uchun LuquidCool Technology 2.0 tizimida foydalanadi, sovutish qoplami X3 GT modeliga qaraganda 32% kattaroq, bundan tashqari, endi grafitning qatlami yettitaga yetdi.

Chip 8GB LPDDR5 tezkor va 128/256GB UFS 3.1 doimiy xotira bilan jihozlangan. 

Poco ko‘pchilikni talabini chetda qoldirmadi. Smartfonda 3.5 mm audio jek bor. Endi simsiz quloqchinlardagi ovozning kechikish muammosi bo‘lmaydi. Smartfonga 67 vattda quvvat oluvchi 5,080 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. Quvvatlash adapteri smartfon qutisida bo‘ladi.

To‘liq quvvlanish uchun esa qurilma 46 daqiqa vaqt sarflaydi. Akkumulyatorning avtonomligi esa tinimsiz video ko‘rganda 22 soatga yetishi mumkin. Aytgancha, X4 GT modelida Dolby Atmos funksiyasiga ega stereo dinamik joylashgan. 

Qurilmaga 64MP asosiy, 8MP ultrakeng, 2MP makro va 20MP selfi kameralar o‘rnatilgan. Shuningdek, qurilmada yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneri, X-axis dvigateli, simsiz bog‘lashlar uchun Wi-Fi 6, Bluetooth 5.3, NFC va infraqizil port mavjud. 

Smartfon ko‘k, qora va kumush ranglarda sotuvga chiqadi. Uning narxi quyidagicha:

8/128GB - 380 yevro

8/256GB - 430 yevro

Smartfon 27 iyun sanasida sotuvga chiqadi. 27 iyundan 7 iyulgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida ushbu qurilmani sotib olgan xaridorlarga 80 yevrolik chegirma beriladi. 

Poco F4 

O‘tgan yilgi F3 modeli kabi ushbu smartfonga ham Snapdragon 870 chipi o‘rnatildi. Demak, kompaniya qurilmaning akkumulyator va kamera imkoniyatlarini yaxshilashga e’tibor qaratgan. Agar haqiqatdan unumdorlik darajasi o‘ta yuqori bo‘lgan smartfon kerak bo‘lsa, Snapdragon 8 Gen1 chipiga ega bo‘lgan F4 GT modelini sotib olishingiz mumkin. 

Poco F4 o‘z oilasida optik tasvir stabilizatsiyaga ega bo‘lgan birinchi smartfon bo‘ldi. Qurilmaga 64MP asosiy, 8MP ultrakeng, 2MP makro va 20MP selfi kameralar o‘rnatilgan. 

Akkumulyator hajmi haqida ma’lumot berilgan bo‘lsak, unda hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan - hali ham 4,500 mAs. Biroq quvvatlanish tezligi ikki barobarga oshgan - 67 vatt. To‘liq quvvatlanish uchun smartfon 38 daqiqa vaqt sarflaydi. Quvvatlash adapteri smartfon qutisida bo‘ladi. 

Displey texnik ko‘rsatkichlari ham o‘zgarmagan - 120 gert ekran yangilanish va 360 gerts sensorli namuna olish chastotasida ishlovchi 6.67 dyuymli AMOLED. Uning rezolyutsiyasi 1,080 x 2,400 piksel bo‘lib, maksimal yorqinligi 1300 nitni tashkil qiladi. Displey HDR10+, Dolby Vision, TrueColor funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Tashqi tomondan esa uni Gorilla Glass 5 shishasi himoyalab turadi. 

Poco F4 ham yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneri, X-axis dvigateli, infraqizil port va stereo dinamiklarga ega. Ammo unda 3.5 mm audio jek mavjud emas.

Qurilma 27 iyul sanasida sotuvga chiqadi. Uning narxi quyidagicha:

6/128GB - 400 yevro

8/256GB - 450 yevro

Ushbu smartfonni ham birinchi sotib olgan xaridorlarga 50 yevrolik chegirma beriladi. 

O‘QING: Hamyonbop Galaxy smartfoni taqdim etildi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!