Poco X4 hamda Poco X4 NFC smartfonlari taqdim etiladi

Poco X4 hamda Poco X4 NFC smartfonlari taqdim etiladi

2020 yilning sentyabr oyida Xiaomi kompaniyasi Poco X3 NFC smartfonini taqdim etgan edi. Hozircha M-seriyasining to‘rtinchi avlodi taqdim etildi, biroq X-seriyasida hali hech qanday yangi smartfon taqdim etilmadi. 

O‘QING: Xiaomi 12'ning kameralari haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Poco hozirda Hindiston bozori uchun X4, xalqaro bozor uchun X4 NFC smartfonlarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. 

IMEI bazasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, xuddi Poco M4 Pro smartfoni Redmi Note 11'ning qayta brendlangan versiyasi bo‘lgani kabi, X4 hamda X4 NFC qurilmalari ham Redmi Note 11 Pro'ning qayta brendlangan talqini bo‘ladi. 

Ikkala smartfon ham 6.68 dyuymli 1080p rezolyusiyadagi OLED displeyi bilan jihozlanadi. Displey 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, smartfonlar Dimensity 920 chipi, 8/256GB maksimal xotira, 67 vatt quvvatlash texnologiyasi hamda 5,160 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. 

Kamera haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, Poco X4 hamda X4 NFC smartfonlari 108MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera, 2MP makro kamera hamda 16MP selfi kamera bilan jihozlanadi. 

O‘QING: Xiaomi'ning sof foydasi uchinchi chorakda 25% ga oshdi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!