Poco X4 Pro 5G smartfoni chiqmoqda

Poco X4 Pro 5G smartfoni chiqmoqda

Ushbu haftada yangi Poco X4 Pro 5G smartfoning jonli fotosuratlari va renderlari e’lon qilingan edi. Endi smartfonning rasmiy premerasi qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi. Qurilma faqat Hindistonda emas, balki xalqaro bozorda ham sotuvga chiqadi. 

Taqdimot 28-fevral sanasida bo‘lib o‘tadi. Hozircha qurilmaning narxiga oid hech qanday ma’lumot berilmadi. Biroq yangi model o‘tgan yilgi Poco X3 Pro smartfonidan qimmat bo‘lmasa kerak. Negaki, Poco X3 Pro'dagi Snapdragon 860 chipi X4 Pro 5G modelida Snapdragon 695 5G chipi bilan o‘zgargan. 

Smartfon, shuningdek 108MP asosiy kamera va unga qo‘shimcha ikkita kamera hamda 120Hz yangilanish chastotasida ishlovchi FullHD+ rezolyutsiyadagi 6.68 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Qurilmadagi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator 67 vattda quvvat oladi. 

O‘QING: Global Redmi Note 11 Pro va Note 11 Pro 5G smartfonlari sotuvga chiqdi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!