Poco X4 Pro 5G va Poco M4 Pro smartfonlari taqdim etildi

Poco X4 Pro 5G va Poco M4 Pro smartfonlari taqdim etildi

Xiaomi kompaniyasi Poco linyasiga AMOLED displeyida ishlovchi ikkita yangi smartfonni qo‘shib qo‘ydi. Poco X4 Pro 5G yangi takomillashgan kameraga ega bo‘ldi. M4 Pro esa o‘tgan yilning kuz faslida taqdim etilgan Poco M4 Pro 5G'ning 4G versiyasi hisoblanadi. 

Poco X4 Pro 5G 

Ushbu smartfon 120Hz ekran yangilanish chastotasi hamda 360Hz sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi 1080x2400 piksel rezolyutsiyadagi 6.67 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan. 

Ekran yorqinlik darajasi ham 450 nitdan 700 nitga oshgan, maksimal yorqinlik esa 1200 nitga boradi. Old panel Gorilla Glass 5 shishasi bilan himoyalangan, bu borada hech qanday o‘zgarish yo‘q. 

Yangi modelning asosan displey, kamera va akkumulyatori yaxshilangan. Chipset kabi boshqa komponentlarda pasayish kuzatilgan. Poco X4 Pro smartfoni Snapdragon 695 chipi bilan jihozlangan. 

6 nanometrlik jarayon asosida yaratilgan ushbu chip Snapdragon 690'ning yangi avlodi bo‘lib, unda 2.2 gigagertsli ikkita Cortex-A76 va 1.8 gigagertsli oltita A55 yadrosi bo‘lganligi uchun yangi chipining unumdorligi avvalgisidan 15% ga yuqoriroq. Adreno 619 garfik protsessorning unumdorligi esa 30% ga oshgan. Biroq ushbu chipsetning unumdorlik ko‘rsatkichlari X3 Pro'ga o‘rnatilgan Snapdragon 860 chipidan pastroq. 

Smartfonning ikki xil xotiraga ega bo‘lgan turi mavjud: 6/128GB va 8/256GB. Unda ikkita SIM-karta uchun uya bo‘lib, bittasiga microSD kartasini qo‘yish mumkin. MIUI 13 grafik qobig‘ida virtual tezkor xotira ham mavjud. 6GB tezkor xotiraga ega bo‘lgan modellarga 2GB, 8GB xotiraga ega bo‘lgan modellarga esa 3GB xotira qo‘shib beriladi. Smartfonda 5G tarmog‘i, NFC, infraqizil port hamda 3.5 mm audio jek mavjud. 

Kamera jihatidan qurilmada yaxshi o‘zgarishlar bo‘lgan, xususan, qurilmaga 108MP 1/1.56 dyuymli katta sensor o‘rnatilgan. Bu o‘tgan yilgi modeldagi 48 MP 1/2.0 dyuymli sensordan ancha yaxshiroq. Kamera linzasi  f/1.9 diafragmada bo‘lib, 2.1µm mikron piksel kattaligi bilan tunda yanada sifatli suratlarni olish mumkin. 

Smartfonga, shuningdek, 8MP ultrakeng hamda 2MP makro kameralar o‘rnatilgan. Sath kamera esa olib tashlangan. Old tomonda yumaloq tirqishli 2.4 diafragmadagi 16MP selfi kamera joylashgan. O‘tgan yilgi modelga 20MP 2.2 diafragmadagi selfi kamera o‘rnatilganligini hisobga olsak, yangi modelning selfi kamerasida pasayish kuzatilgan. 

Poco X4 Pro modelidagi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator 67 vattda quvvatlanadi (o‘tgan yilgi model 33 vatt edi). Qurilma qutisida quvvatlash adapteri bo‘ladi. To‘liq quvvatlanish uchun smartfon 41 daqiqa vaqt sarflaydi (X3 Pro modeli 59 daqiqada). 

Smartfon o‘lchamlari kichraydi: qalinlik 8.12 mm (9,4 mm avvalgi model), og‘irlik esa 205 grammni tashkil qiladi (215 gramm avvalgi model). Qurilma IP53 standarti hamda ikkita karnayga ega. 

Poco X4 Pro 5G'ning Laser Black, Laser Blue va Poco Yellow rangli turlari mavjud. 

Qurilmaning narxi quyidagicha: 

6/128GB - 300 yevro

8/256GB - 359 yevro 

Smartfonni ertaroq sotib olgan xaridorlar 50 yevrolik chegirmaga ega bo‘lishlari mumkin. 

Poco M4 Pro 

Ushbu modelning 5G versiyasi o‘tgan yili taqdim etilgan edi. Hozir uning 4G versiyasi chiqdi. Yangi modelga boshqa chip o‘rnatildi. E’tiborga molik tomoni ushbu model Poco M seriyasida AMOLED displeyiga ega bo‘lgan ilk smartfon bo‘ldi. Ya’ni 5G versiyadagi 6.6 dyuymli IPS LCD o‘rniga 6.43 dyuymli AMOLED displey o‘rnatildi. 

Displey 1080x2400 piksel rezolyutsiyada bo‘lib, u 90Hz ekran yangilanish chastotasi hamda 180Hz sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Old panel Gorilla Glass 3 shishasi bilan himoyalangan. Ekranning odatiy yorqinlik darajasi 700 nit, maksimal yorqinlik esa 1000 nitni tashkil qiladi. 

Qurilmaga Helio G96 chipi o‘rnatilgan. 5G model esa Dimensity 810 5G chipiga ega edi. Mali G57 MC2 garfika uchun javob beradi. Helio G96 chipi 12 nanometrlik jarayon asosida yaratilgan. Shuning uchun uning quvvat samaradorligi yuqori emas. 

M4 Pro 4G'ning 4/64GB xotiraga ega turi mavjud emas. Uning 6/128GB hamda 8/256GB xotiraga ega turlari mavjud. Xotirani microSD kartasi bilan kengaytirish mumkin. Ushbu modelda ham virtual tezkor xotira bor. 8/256GB versiyaga 3GB xotira qo‘shish mumkin. 

Qurilmaga boshqa kameralar o‘rnatilgan. Misol uchun, 5G modelga o‘rnatilgan 50MP kamera o‘rniga f/1.8 diafragmadagi 64MP kamera o‘rnatilgan. Shuningdek, orqa paneldan 8MP ultrakeng hamda 2MP makro kameralar o‘rin ham. Selfi kamera rezolyutsiyasi 16MP tashkil qiladi. 

Smartfondagi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator 33 vattda quvvat oladi. To‘liq quvvatlanish uchun qurilma bir soatdan ko‘proq vaqt sarflaydi. 

Avvalgi model kabi Poco M4 Pro ham 3.5 mm audio jek, ikkita karnay, NFC hamda infraqizil portga ega. Garchi unga AMOLED displeyi o‘rnatilgan bo‘lsa-da, barmoq izi skaneri yon tomonda qolgan. 

Smartfonning qalinligi 8.09 mm, og‘irligi esa 179.5 grammni tashkil qiladi. IP53 standarti esa qurilmani chang va suv sachrashidan himoya qiladi. 

Poco M4 uch xil: Power Black, Cool Blue va Poco Yellow ranglarida taqdim etildi. Uning narxi quyidagicha: 

6/128GB - 220 yevro

8/256GB - 270 yevro 

Ushbu modelga ham hozirda 20 yevrolik chegirmaga berilgan. 

Shuni ta’kidlash kerakki, Poco X4 Pro 5G texnik ko‘rsatkichlar bo‘yicha Redmi Note 11 Pro modeliga, Poco M4 Pro esa Redmi Note 11 modeliga o‘xshaydi. 

O‘QING: Huawei o‘zining yangi noutbuklarini taqdim etdi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!