Poco yangi smartfon chiqarmoqda

Poco yangi smartfon chiqarmoqda

Poco C40 smartfonining rasmiy banneri ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi. Bannerdagi ma’lumotga ko‘ra qurilma 16 iyunda taqdim etiladi. 

Ushbu smartfonga oid yetarlicha ma’lumot mavjud emas. Ayrim ma’lumotlar Poco C40 smartfoni Redmi 10C (Global) modelining qayta brendlangan versiyasi bo‘ladi. Demak, ikki qurilmaning texnik ko‘rsatkichlari bir-biriga o‘xshaydi. 

Tashqi ko‘rinishidan ikki model bir-biriga o‘xshashsa-da, ular o‘rtasida bir necha farqlar bo‘ladi. Aniqroq qilib aytganda, Poco C40 kattaroq 6,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. 

Shuningdek, qurilmaga 60 gerts chastotada ishlovchi HD+ rezolyutsiyadagi 6.7 dyuymli LCD displeyi o‘rnatiladi. Orqa paneldan 50MP asosiy va 5MP sath kamera o‘rin oladigan bo‘lsa, old panelda 50MP selfi kamera bo‘ladi. 

Smartfon 3/4GB tezkor va 64GB kengaytirish mumkin bo‘lgan UFS 2.2 doimiy xotira bilan integrallashgan Snapdragon 680 chipida ishlaydi. Qurilmada 3.5 mm audio jek, infraqizil port, barmoq izi skaneri (yon tomonda), NFC (hududga qarab farq qilishi mumkin) bo‘ladi. Displeyni Gorilla Glass 3 shishasi himoya qiladi 

Qurilmaning narxi haqida ma’lumot beradigan hech qanday ma’lumot yo‘q. Agar Redmi 10C modelining narxi taxminan 150 yevro narxdaligini hisobga olsak, yangi modelning narxi ham 150 yevrolar atrofida bo‘ladi. 

O‘QING: Xiaomi 12 Ultra qachon taqdim etiladi? 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!