Pocophone F2 bugunoq chiqishi mumkin: Snapdragon 855 chipli eng arzon flagman! (+suratlar)

  •   DiMaX
  •  1810
  •  25.12.2018 10:52

Pocophone F2 bugunoq chiqishi mumkin: Snapdragon 855 chipli eng arzon flagman! (+suratlar)

Xiaomi kompaniyasining yangi brend ostidagi Pocophone F1 smartfoni eng ilg‘or Snapdragon 845 protsessorli eng arzon flagmandir. Bu model Geekbench’da OnePlus 6, Mi 8 va Galaxy S9+’larni ortda qoldirgan!

O‘QING: Pocophone F1 xaridorlari uchun Xiaomi’dan xushxabar bor!

«Xitoycha Apple» bugun – 25 dekabrdayoq yangi Pocophone smartfonini taqdim etishi kutilmoqda. Bu xususda Xiaomi India bosh direktori C. Manmohan hamda POCO India rasmiy tvitterida xabar qilishgan.

Tvitterda #NewPOCO heshtegi bilan e’lon qilingan yangi qurilma Xiaomi Pocophone F2 bo‘lishi kutilmoqda. Ammo ikkinchi avlod emas, balki original Xiaomi Pocophone F1’ning boshqacha konfiguratsiyali versiyasi taqdim etilishi ham mumkin. Ya’ni, orqa qopqog‘i Kevlar Back bo‘lgan, tezkor xotirasi 6, doimiy xotirasi 64/128 gigabaytlik Pocophone F1 namoyish qilinishi ehtimoli mavjud. Avval xuddi shunday – Xiaomi Pocophone F1 Armored Edition taqdim etilgan bo‘lib, u 8/256 GB xotirali edi.

O‘QING: Xiaomi eng arzon flagmanini «o‘q o‘tkazmas» korpusda sotuvga chiqardi (+video)

Shu bilan birga, internetda allaqachon Xiaomi Pocophone F2 modelining taxminiy xususiyatlari ham aks ettirilgan render suratlari tarqalmoqda. Ularga ko‘ra, mazkur model yaqinda taqdim qilingan eng ilg‘or Android-protsessor – Snapdragon 855 bazasidagi eng arzon smartfon bo‘ladi.

Pocophone F2 smartfonida barmoq izi skaneri bevosita displeyning o‘ziga integratsiya qilinishi kutilmoqda. Shuningdek, u Xiaomi’ning «teshik» ekranli ilk modeli bo‘lishi ham mumkin.

Mazkur smartfonning arzon flagman bo‘lishi aytilayotgan esa-da, narxi hozircha aniq emas. «Xitoycha Apple» allaqachon jahon bozorida sotayotgan turli smartfonlarini esa 809 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish mumkin.

O‘QING: Mi 8 Pro ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Xiaomi smartfonlari arzonlashdi (2018 yil 12 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.