Pocophone F2 qachon taqdim qilinishi ma’lum qilindi

Pocophone F2 qachon taqdim qilinishi ma’lum qilindi

Ko‘plab nashrlar Poco brendining mustaqil faoliyat boshlagani haqida to‘xtatmasdan yozayotgan ayni damda, smartfon ishqibozlari Pocophone F1'ning davomchisi qachon taqdim qilinishiga qiziqmoqda.

Xayriyatki, Poco'ning Hindiston uchun Bosh menejeri Menmohan Chandolu bu boradagi ma’lumotlarni oshkor qildi.Aytilishicha, Poco smartfoni mart oyida taqdim qilinishi mumkin. Bundan tashqari, janob Chandolu kompaniya kuchli protsessor va katta opertaiv xotiraga ega va hamyonbop qurilmalar ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratishini ma’lum qildi.Dasturiy ta’minotga kelsak, smartfonlar Poco uchun MIUI interfeysida ishlaydi. Menejer Poco Xiaomi'ning kuchli ta’minot zanjiridan foydalanishini hamda foydalanuvchilar ma’lumotlarini Xiaomi ma’lumot markazlarida saqlashini aytdi. Xariddan keyingi ko‘rsatiladigan xizmatlar ham Xiaomi orqali amalga oshiriladi.

Avvaliga, Poco savdolarni faqat internetda amalga oshiradi, biroq keyinchalik joylardagi do‘konlar ham ochiladi. Brendning jahon bozoridagi niyatlari borasida esa Chandolu kompaniya asosiy e’tiborni Hindistonga qaratishini, global bozorlarga chiqish esa vaqt talab qilishini ta’kidladi.

O‘QING: Uzoq kutilgan Pocophone F2 hafsalani pir qildi! (+«jonli» rasmlar)